Ali (a-s) ning Horis o`gli Moliki ashtarga yo`llagan maktublari

Tangri taolihga  hamdi sanolar bo`lsinki, men xudoning bandalaridan birini sizlar tomonga yo`lladim. U Horis mzhajiyning o`ghli Molikdir,  vahshatlai  kunlari uxlamaydi va qurqinchli paytlarda dushmandan yuz o`girmaydi, yomon odamlar uchun olov alangasidan ham kuchlidir (yani ular bilan qatiq raftorda bo`ladi).

U haqiqat yulida bulgani sabab uning so`ziga quloq osib va undangina itoat etinglar. U xudoning qilichlaridan biri bo`lib utkirligi kund bo`lmay va zarbati bi asar qolmaydi. Agar sizlarga harakat qiling deb buyruq bersa harakat qilinglar va agar toxtashlikga buyruq bersa toxtanglar chunki u mening buyrughimsiz  olgha borish, hamla qilish va orqaga qaytish buyruqlarini bajarmaydi.

Ey Misr aholisi men sizlarni uzim uchun saylaganim tufayli uni sizlar uchun yubordim. Chunki  u sizlarni yaxshiligingizni istaydi va dushmanlaringizni ruparasida muhkam turadi.

Bu farmonni Xudoning bandasi mo`minlarning amiri Ali (a-s) Horisning o`ghli Molikiashtar bilan ahd-paymondan sung misr farmondori qilib tayinlaganda beradi.

Molikiashtarning misr hokimyatida bo`lgan vazifasi quyidagicha:

1.  Moliyotlarni yighmoq.

2.  Dushmanlar bilan jahod qilish.

3.  Sulh ijod qilish va shahlarni obod qilishlik.

[Ali a-s har narsadan ilgari Molikni] quyidagi ishlarni bajarishlikga buyurar beradi:

1.   Xudodan qurqish.  

2.   Xudodan itoat qilish. 

3.   Xudoning kitobidagi farz va sunnat dasturlarilarini bajarish.

 Chunki hech kimsa bularsiz saodatga yeta olmaydi va hech kim bularni bajarmay badbaxt bo`la olmaydi.

Har kimsa o`z quli va tili bilan xudoga yordam berib uni ulughlashsa xudo albatta uniga yordam berishlik va ulughlashligini o`z zimmasiga oladi. Chunki uning nomi buyukdir.

unga o`z nafsini istashliklarni tark qilishlik sababli sindirish va nafs tughyon qilayotgan paytda  oldini olishlikga buyuradi. Chunki nafs hamisha yomonlikka boshqaradi, albatta agar xudo unga rahmatini yoghdirgan bo`lsa bundan istisnodir.

Ey Molik men seni sendan ilgari farmondori bulib adl, insof va zulmga farmon yurutgan shahrlarga yubordim haqiqatdan sen ilgari (bu shahr) farmondorlari tughrisida qandan fikr qilgan bo`lsang  xalq ham sening ishlaring tughrisida ushanday fikirlaydilar. Sen farmondorlari tughrisida nima degan bo`lsang usha so`zlarni seni tughringda deydilar.

Xudovand insonlarning yaxshi-yomonligini odamlarning oghizida nomoyon qilishi sababli solih shaxslarni yomon shxslardan ajrata bilish mumkindir. Sening qulga kiritish va zaxira qilishlikni istagan narsalaring faqatgina solih amali bo`lsin.

 Ey Molik dilingni havoyi-havasligiga molik [ustun] bo`lgin va uzingni harom bo`lgan narsalardan saqlagin, chunki yaxshi kurgan va yaxshi kurmagan narsalardan o`zini tiyishlik isrofning o`zidir.

Xalqga mehr-muhabbat, dust bulish va ularning haqqiga muloyim raftorda bo`lishlikni o`z qalbingni shuori qilib ol. Odamlar uchun yirtqich hayvonga uxshab yiyilishlarini ghanimat bilmagin. Chunki odamlar ikki guruhdan iborat

Diniy barodarlaring

Yaratilishda sening sathinda bo`lgan shaxslar, ularda xato yuz beradi va turli sabablar tufayli nomaqul ishlarni bilia-bilmay turib bajarib quyadilar, ularni kechigin va o`zing ham o`z gunohlaringni xudo kechirishini istaysan. Chunki sen ulardan yuqoridasan va seni hokim qilgan shaxs sendan yuqorida va undan ham yuqorida xudodir. U seni xalqning ishlarini o`z zimmanga olishligingni istab va shu orqali seni sinaydi.

Xalqga xushunat yovuzlik qila turib o`zingni xudoning ruparasida jang maydonida qo`ymagin, chunki seni uning ruparasida turushliga qurbing yetmaydi va uning kechirish, mehr-muhabbatidan beniyoz emassan.Hech qachon [xalqni] kechirishlikdan pushaymon bo`lmagin. Jazo berishlikda xursand bulma.Ghazabli holda biror narsani chorasini topsang shoshilma [shoshilgan holda u ishni bajarma].

Men hozir ularga musallatman, farmondorman farmon yurutaman va ular mendan itoat qilishligi kerak demagin. Ghunki bu ish sababli qalbda fasod [tughyonkorlik] yuli ochilishi, din kuchsiz bo`lishi va xudoning nematlari undan olinishiga sabab bo`ladi.

Har vaqt maqom va qudrat sening dilingda vasvos, tughyonkorlik ijod qilsa xudoning buyuk qudratiga nazar solgin u sendan  buyukdir.Uning binihoyat qudratini o`z ixtiyoringda bulgan-bulmagan qudratlar bilan muqoyisa qilgin.Albatta shubhasiz bu muqoyisa sening ghururingni sindirib, tughyonkorligingni oldini olib aql hushingni senga qaytarib beradi.

Ulughlik va qudratda o`zingni xudoga sharik va unga uxshash tasavur qilishdan saqlagin, chunki xudovand har bir buyin egmaydigan va takabbur kishini xor-zalil qiladi.

Xudo bilan bo`lgan raftoring insof me`yorida bo`lsin. Xalqga, yaqinlaringa va hamfikrlaringa bulgan xos aloqa va intilishing insof me`yorida bo`lsin. Agar bu aloqang insof meyorida bo`lmasa zulm qilgan bo`lasan.

Har kim xudoning bandalariga zulm qilsa xudovand bandalari [orqali] tomonidan uning dushmani bo`ladi. Xudo har kim bilan muxosama qilsa uning dalilini poyasini sust qiladi, bunday shax hamish xudo bilan kurashish maydonidadir, shu tufayli yo o`ladi yo zulm qilashlikdan qul tortadi yoki tavba qilib xudoning farmonidan itoat qilishlikga qaytadi.

Xudoning zulm- sitamga nisbatan bo`lgan qahr va ghazabi shunchalik tezki hech qanday boshqa narsa uni ne`matini o`zgartirishda yani [ne`matlarning zillat va xorga aylanishda] unga barobar bo`la olmaydi.[yani zolimlarning xalqga zulm qilishligini davom ettirishi sababli xudo o`z ne`matlarini ulardan qaytarib olib o`z qahr va ghazabini kursatadi] shuningdek xudo hamisha mazlumlarning duolaridan xabardor bo`lgani bilanoq hamisha zolimlarni sezdirmagan holda  nazorat qilib turadi.

O`zing uchun eng  yaxshi kurgan ishlaring faqatgina haqiqatda urtacha, adolatda hammani nazarga olish va qarorga yetishishda aksatriyat xalqning rizoyatini nazarga olish bo`lsin. Cunki xalqning aksariyatini xashm va ghazabi aqalliyat va ma`lum bir guruh xalqning rizoyat va xursanligini asarzis qoldiradi. Shuningdrk  ma`lum bir guruh xalqning xashm va ghazabi aksariyat xalqning rizoyati sababli bartaraf bo`ladi.

Oddiy xalq hech qachon malum bir guruhdek sulh va oromish holida yashash jihatidan xarji hokim va hukumatga oghirroq, qiyinchilik va oghir sharoyitda kumaklari kamroq, adolat va insofga rioyat qilishlikda norohatroq, istaklariga isror qiluvchiroq,[oyoghini tirab o`tirish] baghishlash ruparasida noshukrroq, hukumat tomonidan qarshilik qilinishni kursa kechroq uzur keltirish, mushkil va hodisalar yuz berganda istiqomati kamroq emas.

Dinni suyangichi musalmonlarni birlashishi va dushmanlarga qarshi kuch zaxirasi faqatgina aksariyat xalqdir[malum bir guruh emasdri] shuning uchun ularga quloq solib va intilishing ular tomoniga bo`lsin.

Boshqalarga nisbatan birovlarni kup ayblovch shaxs sen uchun eng uzoq kishi bo`lsin. Chunki barcha odamlarda[ma`sumlardan o`zga] xato bor va xatolardan kuz yumushlikda hokim loyiqroqdir. Senga malum bo`lmagan xatolarda kunjkov bo`lmagin, faqatgina sening vazifang senga malum bo`lgan xatolarni tughirlashdir. Senga malum bo`lmagan narsalar tughrisida xudoning o`zi hukm qoladi[qiyomat kuni oshkor bo`lmaagn insonlarning xatolari tughrisida hukm sodir qiladi]. Qulingdan kelgunicha odamlarning ayblarini yopgin, xudo ham boshqalar xabardor bulmasligini istagan xatolaringni [boshqalar kuzida] yopadi.

Odamlarning dilida bo`lgan har qanday qiyinchiliklarni hal qilgin va o`z  dilingda har qanday tanholikga sabab bo`ladigan sen uchun malum bulmagan narsalarni o`zingdan yiroqlashtir. Har bir ighvogarning suzini tughrilini bilishlikda shoshilmagin, chunki ighvogar yaxshilik istash,nasihatchi shaklida bo`sa ham xoindir.

Baxil kishi bilan mashvarat qilmagin, chunki u seni ehson qilishdan saqlab faqrlikdan qurqitadi va qurqoq kishi bilan ham mashvarat qilmagin u ishlarda ruhiyangni zaif, kuchsiz qiladi va shunindek haris [mol parast] kishi bilan ham mashvarat qilmagin u senga [biravlarning moliga] ko`z alaytirib zulm qilishni chiroy qilib kursatadi. Baxillik, qurqoqlik va tama [birovlarning moliga ] ko`z olaytirishlik barchasi turli xil qismlardan tashkil topib bularning asli ildizi ulugh tangri taoloh tughrisida yomon gumon qilishlikdir.

Sening hozir tajribali, ijtimoiy jihatdan mafkurasi juda kuchli, gunohkorsiz va zolimlar bilan zul qilishlikda sharik bo`lmagan kishilar o`z ixtiyorinda bula turib  sendan ilgari zolimlarga vazir bo`lgan va ularning jurm jinoyatida sharik bo`lgan kishilar [agar ularni o`zinga vazir qilib olsangsen] sen uchun eng yomon vazirlardir. O`z roz- asroringdan ularni ogohlantirmagin. Chunki ularni barchasi zolim va gunohkordirlar.

Ularnin [o`z ixtiyoringdagi tajribvali xudoning qushinlari] yashash xarji sen uchun qiyinchilik tughdurmaydi [xarji kam] sen bilan hamkorlik qilishlari yaxshiroq, senga nisbatan bo`lgan uns ulfatlari kuproq boshqalar bilan bo`lsa kamroq. Shuning uchun ularni [xudoning qushinlarini] o`zing uchun sir saqlovch va yaqinlaringdan qilib olgin.

Ularning o`rtasidan haqiqatni aytishlikda [shaffof] va tez, yordam berish, hamrohlik qilishda xudo avliyolariga nisbatan yaxshi ko`rmaydigan ishlarda senga kamroq yordam beradigan kishilarni sening foydang va zararinga qatiy nazar boshqalardan ustun qo`ygin.

O`zingni vara` yani [taqvodan yuqori daraja] va sodirq kishi qilib tarbiyalagin va ular seni o`z darajangdan ortiq maqtashlik darajasida tarbiyat qilmagin. Seni notughri ishlarni bajarmaganliging uchun maqtamasinlar. Chunki maqtashlik o`z haddidan o`tib ketsa insonni maqtanchoq va ghurur [takabbur] likga yaqinlashtiradi.

Yaxshilar bilan yomonlarga bir ko`z bilan qaramagin, chunki bu tarzi tafakkuring yaxshilarni yaxshi ishga kam diqqat va yomonlarni yomonlikka tashviq qilishlikga sabab bo`ladi. Har birini o`z ishiga yarasha mukofotlagin.

Ogoh bo`l agar hokim xalqni o`ziga qaratmoqchi [ularni rizoyatini olmoqchi] bo`lsa ularga ehson qilish, moliyot [nalog] lardi kamroq olish va ularni vazifasi bo`lmagan ishlarga majburlamasligi yaxshiroq. Shuningdek sen uchun ham xalqga nisbatan yaxshi fikirda bo`lishing uchun [aniq] barnoma [reja, sistema]ng bo`lishi kerak. Chunki bu yaxshi fikirda bo`lishing seni kup qiyinchilikdan saqlashlikga sabab bo`ladi.

Seni siyosatingni qabul qilgan kishi uning to`ghrisida yaxshi fikirda bo`lishliginga loyiqroq kishidir va seni siyosatingni qabul qilmagan kishi unin to`ghrisida yomon fikirda bo`lishliginga loyiqroq kishidir.

Bu ummatning boshlighlarini  amal qilgan  urinli sunnat [odob – rusum ] lari sababli [xalqning o`rtasida] ulfatchilik, birlashishiga sabab bo`lsa va xalqning ishlari bu orqali bajariladigan bo`lsa bunday sunnatlardi o`rtadan ko`tarma nobud qilma, va yangi sunnat ravishlar sababli bu sunnatlarga ziyon yetadigan ravishlardi yaratma.

 [Agar bunday sunnatlardi nobud qilishlikni amaliy qilsang] sen bu ishing uchun gunahkor hisoblanasan va bunday sunnatlardi yaratuvchilar mukofotlanadilar.

Mazhabiy donishmandlar bilan ko`proq suhbatlashgin va [o`z sohasida bo`lgan] mutaxassislar bilan ko`proq fkir almashgin bu ishing mamlakatingni ravnaqi va sendan ilgari bu xalq uchun bajarilgan ishni kuchayishiga sabab bo`ladi.

Ey Molik ogoh bo`lgin! Xalq bir necha qisimga bo`linadi har bir guruh xalqning ishi boshqa qisimda bo`lgan xalqsiz amalga oshmaydi. Har bir guruh bir biriga muhtojdir.

Bu guruhlar quyidagicha:

1.   Xudoning qushinlari.

2.   Maxsus va umumiy yozuvchilar.

3.   Odil qozilar.

4.   Davlat bo`limida ishlayotgan insofli kishilar.

5.   Islom qo`l ostida bo`lgan yo bo`lmagan musalmon yo ghayri musalmon bo`lgan moliyot beradigan kishilar.

6.   Tijaratchilar.

7.   Sanatchilar [turli xil narsalardi yasab chiquvchi shaxslar].

8.   Niyozmand yordamga ehtiyoji bo`lgan xalqning eng past qismida yashovchi kishilar.

Xudo bu guruhlarning har biri uchun sahm yani [haq – huquq] tayin qilgan va bu sahmni quron yoki xudoning rasuli (s-a) ning sunnatlarida muayyan qilib munosib o`rinlarda quygan. Bu haq- huquq ahdi -paymon tarzida bizning yonimizda saqlanadi.

Xudo izni bilan tashkil topgan qushinlar xalq uchun qala, dinning izzati, amniyyat vasilasidir. Xalqning tinchligi faqatgina xudoning qushinlari bilan muhaqqaq bo`ladi.

Bu qushin faqatgina xudoning xalqdan oladigan moliyoti orqali kuchayadi. Chunki [qushin] bu moliyot orqali dushman bilan jihod yani [xalqini himoyat]qilishlikda kuchaytiriladi va o`z ishlarini [yo`lga quyib olishlikda]isloh qilishlikda unga suyanadi va bu orqali o`z niyozlarini bartaraf qialdi.

Yuqorida aytib o`tilgan ikki guruh [qushin va moliyot biradigan kishilar] faqatgina uchinchi guruh yani qozi, davlatni yuqori qismida faoliyat ko`rsatuvch va yozuvchi[jurnalislar] orqali nazimga keltiriladi. Chunki barcha qarordod, muomilalarni bajaradilar va xususuy va umumiy moliyotlardi jam qilishda e`timodga sazovor  guruhlardir.

Bu guruhlarning barchasi tijaratchi va sanatchilarsiz kuchayib faoliyat ko`rsata olmaydilar. Chunki tijaratchi va shanatchilar foydani ko`zlab birlashib boshqa guruhda bo`lgan kishilarni niyozlarini o`z qullari bilan tamin qiladilar. Bu ishlar boshqa guruhlarning qullaridan kelmaydi.

Oxirgi guruhlar yani [kam daromad] niyozmand, pensanielar hisoblanadi, bu guruh boshqalarni kumak va hamkorliklaridan bahraman bo`lishlariga haqlidirlar.

Bu guruhlarning barchasi uchun xudo yonida kushyishi kor [ma`lum bir yo`l bor] va har biri ishlarini isloh qilish miqdorda hokimga haqlari bor.

Hokim talosh qilish va xudodan yordam surash, o`zini haq uchun tayorlash, qiyin va rohat kunida sabr va muqovimat qilmasdan xudo uning zimmasiga yuklagan vazifalarini bajarishligida muvafaqiyatga ergasha olmaydi.

O`z yoningda xudo, payghambar va imom uchun hammaga nisbatan xayri xoh, qalbi pok va oqilroq bo`lgan kishini o`z qushiningni farmondori qilib tayinlagin.

Tez ghazabli bo`lmaydigan, boshqalarni uzrini qabul qiladigan, zaiflarga nisbatan mehribon va abal qudratlar ruparasida bosh ko`tarib turadigan kishilarni qiyinchilik chiz chuktira oldirmaydi.

Muruvvat va karomat sohiblari bilan yaxshi aloqada bo`lgin va  shaxsiyatli, pokiza solih oilalar bilan ulfatda bo`lgin, undan so`ng shujo dovyurak, saxovatli va ulugh kishilar bilan ulfatda [yaqin aloqada] bo`lgin. Cunki bular yaxshilik va karomat manbasidir.

Volidayn o`z farzandiga dildorlik qilishlari kabi o`z qushinlaringa dildorlik qilgin va ularning kuchayishi uchun sarf qilgan narsalaringni katta sanamagin. [shuningdek] ularning hol ahvolini so`rash uchun haqqiga kam marhamat qilgan bo`lsandaham uni kam sanamagin. Chunki sening shu kam marhamating ularning senga nisbatan yaxshilik istash va yaxshi fikirda bo`lishliklariga sabab bo`ladi.

Hech qachon katta ishlar sababli qushinlaringni niyoz va juda kichik masalalariga loqaytlik qilma. [bitavajjuh bo`lma] Chunki shu kichik marhamatlarni ham o`z urni bor va undan foydalanadilar shuningdek katta ishlarni ham o`z urni bor va ular o`zlarini katta ishlardan  beniyoz diya bilmaydilar.

Qushinlaringa musoviy [bir ko`z bialn qarab] yordam beruvchi va o`z imkoniyatidan ko`proqini ular va ularning oilalarini idora qilish sababli ularni faqatgina maqsadlari dushman bilan urushishga ehson qilivchi kishi qushinlaring uchuh tayinlagan boshliqlar bo`lsin. Chunki sening ularga bo`lgan mehr- muhabbating qalblarini senga qarata va mehribon qiladi.

Hokim uchun eng muhim bo`lgan masala barcha shaharlarda adolat o`rnatish va xalqning unga bo`lgan [qalbiy] aloqalarini oshkor bo`lishidir.

Shbhasiz xalqning hokimlariga bo`lgan dustligi faqatgina pokiza qalblari orqali yuzaga keladi va o`z istaklari bilan hukumatni olgha siljishiga o`z hissalarini qo`shishliklari sababli yaxshilik istashlari foydali tarzda bo`ladi.Hukumatlari ualr uchun qiyin emas va hukumatlarining umri ziyod bo`lishi xalqga norohatchilik tughdurmaydi. Shuning uchun ularning o`z maqsad va armonlariga erishishlari uchun yo`l birgin.

Qushinlaringni har dam muhim ishlarni bajarishlarida tashviq qilgin, chunki dovyuraklarning yaxshi ishlarni bajarishlikni eslatish qushinlarni kuproq harakatga keltirishga intiltiradi. Xudo xohlasa tanballarni ham ishga tashviq qiladi.

Har bir ishda sinalgan kishini sinovini o`ziga bergin! Birovning talosh va zahmatini boshqaga nisbat berma va xizmat ko`rsatishidan ko`proq arzishni unga nisbat berma.Kam ishni bajargan shaxsiyatli kishini ishi shaxsiyati tufayli uni ishini katta ko`rishliginga sabab bo`lmaydi. Shuningdek katta ishni bajargan shaxsiyati kam bo`lgan kishini ishi shaxsiyati kam bo`lishi tufayli uni ishini kichik ko`rishliginga sabab bo`lmaydi.

Senga musiybatlar tughilsa va ishlari malum bo`lmay qolsa, uni xudo va payghambariga quyib bergin. Chunki xudo yo`lboshqarishliklarini ishtagan qavga buyuradiki:

{Ey muminlar xudo, payghambari va o`zingizdan bo`lgan ululamrlardan itoat qilinglar, agar biror narsada tortishib qolsalaring uni xudo va rasuliga qo`yib beringlar}.

Ishlarni xudoya qo`yib berishlik, yani uning kitobidagi hikmatlarga amal qilish va ishlarni paygahmbariga qo`yib berishlik, yani uning sunnatiga yaqin hosil qilgan holda amal qilishdir.

Xalqning o`rtasida qazovat qilishlikda yuksakroq kishingni tayinlagin! Baghri keng inson, ikki tomon o`rtasidagi hukm qilishi sababli mahkumlar uning hukmidan ghazablanib, badxulqlik qilsalar o`z xatolarining ro`parasida taslim bo`ladigan va har on o`z xatosidan ogoh bo`lsa haqiqatni qabul qilish va unga e`tirof qilishligi u uchun qiyin emas va nafsini kuyanchiqlik bilan sirob qilmaydigan kishi, matlablarni dark qilishlikda kam tahqiq qilishlikga kifoyat qilmaydi. Shubhalarda hammadan ehtiyotroq dalil keltirishlik va unga tiyanishda hammadan zirakroq fikr qobilyati kuchliroq bo`lgan kishi ko`p unga murojiat qilishlikda kamroq charchaydi va masalani yechishlikda hammaga nisbatan sabirli va haqiqat oshkor bo`lgan payt qotiiyat bilan hukmni sodir qiladi. Ko`p maqtashlik uni aldamaydi va ko`p maqtashlik sababli uni maqtovchi o`ziga qarata olmaydi, bunday shaxsiyatlar juda kam topiladi.

Qozini intixob etganingdan so`ng uni ishini nazoratga olgin va hukmlarini tekshirib turgin. Unga ehson qilishliginda shunchalik o`z dasturxoningni ochib berginki o`z ehtiyojlarini hal qilishda xalqga niyozi bo`lmasin. Atrofingda bo`lgan odamlaring unga [qoziga] ko`z alaytirmay, unga tuhmat urmay va yomon fikirlovchilardan omon qolish miqdorida uning maqom va martabasini ko`targin.

Shu aytgan ishlarimda diqqat bilan fikr qilgin! Chunki shu din o`tkan asirlarda sharur [yomon] odamlarning qo`lida asir edi ular o`z havo- havaslariga amal qilar edilar va uni [dinni] dunyoga yetishish uchun vasila qilib olgan edilar.

Bundan so`ng o`z qul ostinda ishlaydigan ishchilarngni nazorat qil. Ularga ishlarni baghishlash yoki istashliginng sababli topshirmagin, balki ularni sinagandan so`ng ishlarni ularning zimmalariga yuklagin. Chunki bunday ish topshirish zulm va xiyonatning bir turidan hisoblanadi. Ularni tajribali odamlar o`rtasidan, sharm- hayoli, nomi tanilgan xonadon va islomda [islomga amal qilishlikda] hammadan oldinda bo`lgan kishilar o`rtasidan tayinlagin! Chunki ularning xulq – ahvoli yaxshroq, oilalari pokizaroq, dunyo istashlari kamroq va ishlarni oqibatini ko`rishlikda [boshqalarga nisbatan] yaxshiroq ko`radilar.

So`ng ualrga yetarlicha ish haqqi bergin! Chunki bu ishing ularni nafslarini kuchayishiga sabab bo`ladi va o`z qo`l ostidagilariga qo`l uzatishlikdan saqlaydi va vundan boshqa ham agar dasturga bo`y sunmay amonatga xiyonat qilsalar ular uchun hujjat tamom bo`ladi.

So`ng sodiq va vafodor maxfiy mamurlaringni ishlarini o`z nazoratinga olgin! Chunki ishlarini oxirinchi ko`zdan qarab chiqish ularni amonatga rioyat qilishlikga va xalq bilan muloyim muomilada bo`lishlariga majbur qiladi.

Juda diqqatlik bialn ishchi va yordamchilaringa muroqib bo`lgin! Agar uardan biri xiyonat qilib qo`ysa va maxfiy ma`murlaring birgalikda xiyonatini ta`yid qilsalar, ularning so`zlariga ishonib tezlik bialn xiyonati miqdorida uni jazosini bergin. So`ng uni xor va zillat maqomida qo`ygin xiyonat olovi peshanasida va rasvolik zanjiri bo`ynida namoyon bo`lsin.

Moliyot beruvchilarni vaziyati yaxsh bo`lishini ko`zlab moliyot tizimini yo`lga solgin! Cnunki agar moliyot ishi va moliyot beruvchilarni tizimi yo`lga tushsa bundan buyon jomia guruhlari osoyish va rohatda yashaydilar. Jomiani boshqa guruhlari faqatgina bularga suyanib osoyish va rohatda bo`ladilar! Chunki  xalqlarning barchasi moliyot beruvchi va moliyot yeyuvchilardirlar.

Moliyotlarni olishlikga nisbatan yerni obodonligiga ko`ptoq diqqat berishing lozim. Yir obodonisiz moliyot qo`lga kelmaydi. Biron shaxs yer obodoniga kurashmasdan xalqdan moliyot istasa shaharlardi vayron qilgan va xudoni bandalarini halokatga yetkazgandir. Bunday hukumatning umri ozdir.

Agar xalq moliyotning ko`pligi, ekin- tekinning ofati, suv qurushi yo yomghir va shabnamning kelmasligi va yoki sil tughyoni va quruqchilik sababli ughutlarga ziyon yetishida senga shikoyat qilsalar, sen ularni ishlarini boshqatdan oyoqqa turghazib olishliklari miqdorida ularning moliyotlarini kamaytirgin.

Bu moliyotni kamaytirishlik senga oghir tuyulmasin! Chunki bu kamaytirishliklar shaharlardi obodonligi va o`z hukumatingni oromishni ko`zlaydigan zaxiradir, keyinchalik sening qo`linga qaytib keladi.

Bundan tashqari ularni mehr muhabbatlarini o`zinga qaratasan va o`zing ham ularni ishlarida adolatga rioyat qilganing uchun xursan bo`lasan. [bularning hammasi sababli] ular oyoqqa turib olganlaridan so`ng senga yordam berishliklariga ishanch hosil qialsan. Chunki sen ularning bu kunga erishishlariga sabab bo`lib ulardi o`z adolatinga odat qildirding va ular bilan muloyim raftorda bo`lding.

Turli xil jarayonlari tufayli hodisalar yuz berishi mumkin agar bulardi hal qilishni ularning zimmasiga huklasang xotirjamlik bilan qabul qiladilar. Chunki mamlakatni obodonliginini kuchaytirishni har qancha istasang yanada imkoni bor.

Yerda ishlovchilarning qurbi yetmagani sababli yer yaroqsiz bo`ladi yani [enin- tekin qilib bo`lmaydi]. Davlat boshqaruvlarining ko`p havoy- havaslari va bo`lib o`tgan voqialardan ibrat olmaganliglari sababli yerda ishloychilarning [moliy] vaziyati yomon bo`ladi.

O`zing uchun o`run bosar tayinlashingda [juda] diqqat qilgin, ularning ichidan eng yaxshisini o`z ishlaringa uchun tayinlagin. Sirli maktublaring va  siyosat, sirlaringni saqlaydigan axloq jihatidan solih shaxslarga bergin! U shaxsni bu maqom mansab kelajakda uni o`z bilarmonlikga chalghitmasin va hech qachon odamlar huzurida senga qarshilik qilishlikga yo`llamasin! Farmondorlarning maktublarini senga yetkazishlikda va uni javobini seni maslahatingni nazarga olgan holda javob berishlikda ghaflatda qolmasin.

Qarordodlardi qay tarzda tartibga solishni bilsin [sustlik qilmasin], agar senga zararli qarordod boghlangan bo`lsa uni botil qilishlikda ojiz bo`lmasin va shuningdek o`z maqomini arzishini yaxshi bilsin. Chunki har kim o`z qadri, arzishini bilmasi boshqalarning qadri, arzishini ham bila olmaydi va hamisha ualrdan vohimada bo`lishlikga sabab bo`ladi.

Muovinlaringni intixob etishligingda faqatgina itminon va xushbinliging sababli bo`lmasin! Chunki ba`zi bir kishilar o`zini seni yoningda yaxshi ko`rsatib, ishlardi yaxshi bajarib o`zlarini farmondorlar yonida tadbirli, ishbilarmon qilib ko`rsatadilar. Dar haqiqat bo` yorghon chehralar orqasida dustlik, amonatdor va joni kuyishlidan hech xabar yo`q.

Ulardi avval hamkorlik qilishlari bilan sinagin so`ng ulardi orasidagi eng yaxshiroq, rostgu, iffatlikda taniqli va xalqga [xizmat ko`rsatishda] yaxsh ta`siri o`tkazganlarini intixob etgin! Chunki bu ishlar sababli sen xodo va o`z imomingdan itoat qilgan bo`lasan.

Har bir ishlaring uchun ishning ko`pligi, ahamiyati va xilmaxilligh sababli qo`li boghlanib qolmaydigan masul intixob qilgin. Har vaqt muovinlaringda xato yuz bergan bo`lsa sen ghaflatda qolmagin, agar ghaflatda qolsang xalq bu xatolardi seni zimmanga yuklaydilar.

Tijaratch va ishlab chiqarish sohiblari borasida mening vasiyatimga amal qil. Ular xoh shaharda yashasinlar yoki jins va mahsulotlarini shaharda aylantirsinlar va xoh o`z kuch qudratlarini ishga solsinlar[hunarmand bo`lsalar] ular bilan yaxshi muomilada bo`lishlikga vasiyat qilgin.

Chunki bular foyda manbasi va hayotning ravnaq topish asosidir. Bular xalqning ehtiyojlarini uzoq shaharlardan daryo, sahro va toghlardan va odamar bora olmaydigan yo`llari bilan qozontiradilar. Shunday ekan ualr do`stlik va muhabbat manbasidir, ular to`ghrisida zaraz yetkazadi deb qurqish byasosdir, ular sening yoninda yoki boshqa shaharlarda yashasalarda ham ularning hol- ahvolini sho`rab surushtir va ishlariga yordam bergin.

Bulardan tashqari yodingda bolsinki ularning aksariyati oldi- sotida qattiq qo`llik qiladilar, yuzlarida baxillik namoyondir, qo`lga ko`p foyda kiritish uchun xalqning ehtiyoji bo`lgan mollarni omborlarda saqlab qimmat bo`lganida xalqga sotadilar. Oldi- sotdida o`zlari istagan qiymatni qo`yib sotadilar. Bu ishlar xalqga ziyon yetkazish va hukumat yuzini qoralashdir.

Shuning uchun qiyinchilik paytida mollarni omborda saqlab xalqga qiymatini yuqori qilib sotishlikni oldini olgin. Chunki xudoning rasuli(s-a) bu ishlardi oldini olar edilar.

Oldi- sotdilar osonlik bilan adolat me`yorida bajarilishi kerak va qiymatlar ikki tomonga [sotuvshi va xaridor] malol kelmasin. Qimmat sotuvchilardi ogohlantirganingdan so`ng yana shu ishni davom ettirsalar jazosini bergin albatta mujozot qilishlikda isrof qilmagin [o`z haddidan o`tkazmagin].

Hamisha xudoni yodingda saqla, qashshoq odamlar, maxsusan niyozmand, bechora, nafaxur va ma`lullarning o`rtasida qalbi pok, obruli kishilar bor, xudo ularni rizqi- ruzisini seni yoningda qo`ygan uni ularni ixtiyoringda qo`yib bergin. Musalmonlarning baytulmol va islomga ghanimat kelgan yerlardan ular uchun sahm, [huquq] tayinlagin! Chunki har musalmon uchun uzoq va yaqinda bo`lishidan qatiy nazar sahm [huquqi] bor.

Har musalmon har qayerda bo`lishidan qatiy nazar huquqi bor vas sen barchani huquqiga rioyat qilishlikda masulsan. Hech qachon nozi -ne`matda yashash seni ularni holidan xabardor bo`lmay qolishliginga sabab bo`lmasin. Chunki sen katta va muhim ishlar sababli kichik va juziy ishlardi bajarmaslikda uzurli emassan. Shunday ekan ularning ishlaridan ghaflatda qolmay hamisha fikrida bo`lgin ularning yuzini o`zingdan o`kurmagin.

Sening huzuringa kelishlikga imkoni bo`lmagan, ularga odamlar haqorat ko`zi bilan boqadigan va ulardi past tutadigan kishilarni ishlarini [birinch bo`lib] bajargin.

Bu guruh odamlarning ishlarini bajarishlikda xudodan qurqib, tavozuli bo`lib  ularning ishlarini sening yoningga olib keladigan kishilaringdan foydalan. So`ng ular bilan shunday muomilada bo`lginki qiyomat kunida yuzing yoriq bo`lsin! Chunki ushbu guruh boshqa odamlarga nisbatan adolat va insofga muhtojroqdirlar. Jamiyatning barchasini huquqini ado qilishlikda xudoning yonida yuzing yoriq bo`lsin.

Yetimlardi siylagin va qiynalib qolgan [qiyinchilikda gadoylik qilmaydigan] qariyalardi esingdan chiqarmagin. Ushbu  vazifa [barcha huquqini ado qilishlik] hokimlar zimmasida qiyindir lekin tangri taoloh bularni oxiratni istaydigan va bu yo`lda sabirli bo`lib xudoning va`dasiga ishanadigan bandalari uchun oson qiladi.

Kunlik barnomangdan bir qismini niyozmandlarga ajratgin! Shaxsan ulardi muloqot qil va umumiy yighilishda ular bilan shirkat qilgin. Seni yaratgan xudoning xursandligi uchun ular bilan muloyim muomilada bo`lgin. Shu yighilishda o`z muhofiz va yordamchilaringni o`zungdan uzoqlashtir agar biror kishi senga so`zi bo`lsa so`zida tutilmasda sen bilan suhbatlasha olsin. Chunki men bir necha bor Xudoning elchisi Muhammad (a-s) dan eshitdimki aytar edi!

Bir ummatning ichida kuchsiz kishini huquqi kuchli kishidan tutilmasdan va qurqmasdan osonlik bilan olib berilmasa bu ummat hech qachon muqaddas sanalmaydi.

So`ng qupol raftorlari ro`parasida ogohlik bilan ularni tahammul qilishlikga kurashgin va kam husila, o`z bialrmonlikni o`zingdan ozoqlashtir shu sababli xudo rahmat eshiklarini senga ochib bersin va toat savoblarini senga baghishlasin. Biror narsani baghishlamoqchi bo`lsang qulochiqlik [saxovatmanlik] bilan baghishlagin. Agar biror sabablar tufayli baghishlamoqchi bo`lmasang mehrbonlik bilan uzr keltirirgin.

Sening ishlaring o`rtasida ba`zi bir ishlar borki o`zing bajaishing kerak. Ularar quyidagilardir:

1.   O`z o`rinbosarlaringni ishini dabirxona bajara olmaganda o`zinz bajarishing kerak.

2.   Xalqning niyozlarini barovarda qilishlikda urinbosarlaring notavonliklarini oshkor qilsalar o`zing bajarishing kerak.

Har bir kunlik ishni usha kunda bajargin! Chunki har bir kunlik ish usha kunga taalluqdir.

Eng yaxsh vaqtlaringni ibodat [nafsingni poklash] uchun sarflagin! Agarda ham barcha bajaradigan ishlaring xolis niyyat, ixlos va xalqning yaxshiligi uchun bo`lsa xudo uchundir.

Faqat [xolis] Xudo uchun bo`lgan farz [ibodat, amallar] ni maxsus vaqti bo`lsin. So`ng kecha –kunduz o`z jon va tanagni unga topshirgin. Xudoga yetishiga vasila bo`ladigan vazifalardi agarda ham tanagni qiynab susashtirsa tughri va komil tarzda bajargin.

Jamoatga nomoz o`qimoqchi bo`lsang nomozni chuzishliging sababli nomozxonlarni qiynab yo shoshilinch bialn o`qishliging sababli  uni zoya qilma. Chunki nomozxonlarning ichida bemor va ishi chiqib qolgan odamlar bo`lib qolishi mumkin.

Rasuli xudodan meni Yamanga yuborayotgan paytida ualr bilan qay tarzda nomoz o`qishligimni so`radim. U hazrat javobda buyurdilar: Guyo ularning zaiflari [bemor, qurbi yetmaydigan] bilan nomoz o`qiyatgandek nomoz o`qigin va mu`minlarga nisbatan mehribon bo`lgin!

Ammo bad: xalqni ko`ziga kurinmay yurishliging chuzilib ketmasin! Chunki hokimning xalq ko`zidan ko`rinmay yurishini o`zi, bir chekkada [ o`zi uchun yoki xalq uchun] qolishr va ishlardan ogohsiz qolishdir.

 Bundan tashqari kurinmay yurishlik, xalqni ulardan uzoqda bo`lib o`tayotgan voqialardan byxabar qoldiradi va bu sababli ular ko`z oldida katta, kichik va kichik, katta chiroyli, chiroysiz va chiroysiz, chiroyli ko`rinadi. haq bialn botilni tanib bo`lmaydi. Hokim ham inson, odamlar undan ishlarini yashirsalar bila olmaydi va rostni yarghondan ajratishda haqiqatning maxsus alomati ham yuq.

Har qanday bo`lishingdan qatiy nazar sen ikki kishidan biri hisoblanasan:

1.   Yo haq yo`lida baghishlovchisan [ehson qiluvchisan] agar shunday bo`lsa nima uchun haq farzlardi baghishlashda va yaxshi ishlardi bajarishda o`zingni yashirasan?

2.   Yoki baxil kishisan, [sendan odamlarga yaxshilik yetmaydi] agar shunday bo`lsa tezlik bilan odamlar sendan noumid bo`ladilar va hech qachon sendan hech narsani istamaydilar.

Xalqni senga ko`p niyozman bo`lgan payti, hazinasiz bajariladigan ishlarni pauti, ularga yetgan zulm uchun shikoyat va niyozlari payti, Adolat va insof to`ghrisida sen bilan hamkorlik qilayotgan payti.

Shuningdek hokimning yaqinlari va qarindoshlari borki boyun yughonlik bilan odamlarning moliga qul uzatib va oldi- sottida ular bilan insofsiz tarzda muomilada bo`lishlikga odat qilganlar. Odamlarning mol- mulkini yer bilan yakson qilish uchun olib boriladigan yo`llar axloq jihatidan yomon va vaqtinchalik, nobud bo`ladigan yo`llardir.

O`z yaqin atrofingda bo`lgan odamlar va qarindoshlaringa biror yerni bermagin va hech qachon ularga dehqonchilik bilan shughullanishlari sababli hamsoyalariga qiyinchilik tughdurish [ misol qilib aytganda suvlarga tajovuz qilishlik yoki shirkat asosida bajariladigan ishlarni ular zimmasiga yukalshliklari] va ekinzorlarining hazinalarini qishloqda yashovchilarga yuklashliklariga ijoza berma. Agar bu ishlarni bajarmasang foydasi ularga va yomon esga olmoq dunyo va oxiratda seniki bo`lib qoladi.

Hamisha haqiqat va adolatni o`zingga yaqin va uzoq odamlar bo`lishidan qatiy nazar ijro qilgin va bu yo`lda sabirli bo`lib ishlaringni xudoga topshirgin. Hamisha haqiqatning oqibatiga fkir qilgin, chunki haqiqatning poyoni maqtovlikga loyiqdir.

Agar odamlar sening to`ghringda yomon fkir qilsalar, uzr va dalilingni ularga ochiq bayon etgin va ularni yomon fkirlashdan saqlagin! Chunki bu ravishda muomila qilishlik sen uchun o`z nafsing bilan ishlashlik  va ular uchun lutf va marhamatdir. Bu uzur keltirishligining sababli ularga haqiqat va adolatni o`rgatasan va haqiqatdan intilishlariga boyurasan.

Xudoning roziligiga mutobiq bo`lgan sulhni dushman senga arza etsa qaytarmagin! Chunki sulh lashkarlaringni osoyishi, sening xiyolingni xotirjam bo`lishi va mamlakatni amonda qolishiga sabab bo`ladi. Ammo sulh va do`stlashishdan so`ng [Hamisha] hushyor bo`lgin, chunki juda ko`p sulhga da`vat qilishliklar muqobilni aldashlik uchun bajariladi. Shuning uchun ehtiyotga amal qilgan holda bu shlhga nisbatan yaxshi fkirda bo`lgin.

Agar o`zing va dushmaning o`rtasida ahdi paymon boghlagan bo`lsang yoki unga amonlik bergan bo`lsang ahdinga vafo qilgin va ahdi paymonda amonatga qo`ygan shartlaringni bajo keltir va o`zingni dushmanga qo`lingdan berib qo`ygan narsang ro`parasida sipar qilgin! Chunki barcha odamlar turli xil bovar va etiqodda bo`la turib xodoning farzlarini qabul qilishi ahdga vafo qilishdan yaxshiroq emas. Mushriklar islomdan ilgari ham ahdga vafo qilishni o`zlariga lozim deb bilar edilar! Chunki paymon shikanlik oqibati va xiyonitni tushunib yetgan edilar.

Mabodo ahdinga vafo qilmagin; va hech vaqt ahdingni sindirma va dushmaningni aldama! Chunki badbaxt va nodon odamdan boshqa hech kim xudo nomi bilan boghlagan paymonini oyoq osti qilmaydi.

Xudo o`z ahd- paymonini oromish va osoyishlik uchun quyib bergan va insonlar uning soyasida yashashlikni davom ettiradilar. Shunday qilib bu yo`lda [ahdi- paymon yo`lida] aldovlik, hilagarlik va fasodga yo`l yuq.

Bahona keltirish va qochishlikga yo`li bo`lgan qarordodlarni imzo qilmagin. Qarordodni tanzim qilganingdan so`ng ikki tomonli so`zlardan [turiya, tafsir va tavil necha ma`nonianglatadigan so`zdan ] foydalanmagin va xodo bilan ahdi- paymoni boghlangan qiyin ishlar seni nohaqlik bilan paymonni sindirishlikga majburlamasin. Chunki oqibati yaxsh mukofotlarni qo`linga kiritadigan va yaxshi umiding bo`lga mushkilotlar ro`parasida sabirli bo`lising hilagarlikdan yaxshiroqdir! Chunki hilagarlikning oxir-oqibati yaqangdan oladi va xudo tomonidan dunyo va oxiratda uzr keltira olmagan darajada ta`qibda bo`lasan.

Nohaq qon to`kishlikdan saqlangin! Cunki nohaq qon to`kishlikdan yomonroq narsa yo`qki xodoni ghazabga keltirsin, uning ne`matini qo`ldan kettkazsin va umrni qisqartirsin. Qiyomat kuni xodo birinchi bo`lib inson o`ldirilganiga qazovat qiladi. Shunday ekan o`z hukumatingni poyalarini qon to`kishlik bilan ustuvor va muhkam qilmagin! Chuki harom [ijazasi berilmagan] qonni to`kishlik hukumatni zaif va susaytiradi, balki uni nobud qilib boshqani qo`liga beradi.

Sen bila turib o`ldirganing tughrisida xudoning dodigohi va meni yonimda uzr va bahona keltira olmaysan! Chuni uning jazosi o`limdir.

Ammo agar xatoga yo`liqsang [bilmay turib biror noto`ghri ishni qilib qo`ysang] va qamchining, qiliching yo qo`ling niyyat va irodanga qarshi shikanja berishlikda ortirib yuborsa, masalan: musht bilan urmoq va undan yuqori o`ldirishlik, bu payt ghururing senga ghalaba qilmasin va o`likni qon bahosini sarparastlariga to`lashdan bosh tortmagin.

Maqtanchoq , o`zinga yoqadigan narsadanga mutmain bo`lish va odamlarning ta`rif va maqtovidan o`zingni saqlangin! Chunki shayton bu holatlarda vaqtni ghanimat bilib yaxshi odamlarning ishlarini nobud qiladi.

Odamlarga qilgan ehsonni ularga minnat qilishdan yoki ular uchun qilgan ishinshni miqdoriga nisbatan ko`proqini ularning yuziga solishlikdan yo agar va`da bergan bo`lsang vafo qilmaslikdan o`zingni saqlagin! Cunki minnat ehsonni nobud va savobsiz qiladi, o`z miqdoridan ziyodroq jilva bermoq, haqiqat nurini uchiradi, va`daga vafo qilmaslik xodo va insonlarning xashm va ghazabini ko`paytiradi.

Tangri taolo buyuradiki: olloh so`z berib [har qandoq so`z berish] unga amal qilmaydigan kishilardan qattiq ghazabga keladi.

Ishni vaqti yetib kelishdan ilgani shoshilmagin! Agar ishni bajarishlik mumkin bo`lsa uni kichik sanamagin! Agar ishni ko`zi ma`lum bo`lmasa, [hamma ishni] bir tarzda bajarishlikdan saqlangin! Shuningdek ishni ko`zi ma`lum bo`lgan paytda tanballik va sustlikdan uzoqlashgin! Shuning uchun har- bor ishni o`z o`rnida quy va har ishni o`ziga munosib vaqtda bajargin.

Mabodo odamlarning teng haqli bo`lgan narsada, boshqalarga nisbatan ko`proghini o`zinga olsang. Odamlarga oshkor bo`lgan narsalardan o`zingni nodonlikga solma, chunk u narsa sendan olinib boshqaga beriladi va tezlik bilan niqoblar o`rtadan ko`tarilib sen mazlumlar foydasiga mahkum bo`lasan.

Xashm, qopol muomilada bo`lish va katta oghizlikni oldini olgin, haqorat berishdan saqlangin, ghazabing tushib, ixtiyoringni qo`linga olish va haqiqatni ko`ra olishligingacha tinch o`tirgin. O`zinga kelgan vaqtingda xudoga qaytishligingni esga olib nigaron va norohatligingni ko`paytir.

Adolatni barkamol qiluvchlikni o`z vazifasi qilib olgan hukumatkar, fazilatli odob rusumar, quronda kelgan farziyalar, paygahmbarimiz Muhammad (s-a) nini kitoblarda yozib qoldirilgan ravishlarini yodingda saqlagin va biz amal qiladigan narsalarimizni ko`rganlaringdan ergashgin.

Senga tanzim qilgan farmonimdan tabaiyat qilgin, buyruqlarimni amalga oshirgin.

Ey Molik! Men sen bilan ahdimni bo ahdnoma orqali mahkam qildim, agar o`z havoy- havasingnad intilmoqchi bo`lsang bahona keltira olmasliging uchun hujjatni tamom qildim! Agarda ham odam [hamisha o`zini] yomonlikdan saqlay olmaydi faqat xudo istasa saqlay oladi.

Xudoning payghambari (s-a) hamish menga sezlarning nomoz, zakot va ghulomlaring bilan yaxshi muomilada bo`lishliklaringizga muvozib bo`lishni buyurar edi.

Men xudodan boyuk rahmati ulugh qudrati bilan suraymanki men va seni o`zini xursand qiladigan yulga boshqarsin. Urinsiz va nomoyon uzirimizni o`zi va xalqi ruparasida kechirsin. Bandalar o`rtasida yaxshi nomga olish bilan, shaharlar va daryolarda o`zidan yaxshi asarlar qoldirish va ne`matlarini tamom qilishlik bilan, ulughlikni yaratuvchi va shahodat beruvch, obodonlikni poyoniga yetkazsin, biz undanmiz va unga qaytamiz.

Xudoning durud va rahmati uning rasuli Muhammad (s-a) va uning xonadoniga bo`lsin.

Omin va rabbal olamin. [Qabul qil ey olamning parvardigori].