Birinchi duo xudoga hamd va shukronalar aytish.

 Shukr va ulughvorlik maxsus xudoniki u birinchi va oxirinchidir, undan oldin hech narsa bo`lmagan va keyin ham bo`lmaydi (azaliy va abadiy). Ko`ruvchilarning ko`zi uning jamolini ko`rishlikdan ojiz qolib va ulughvorlarning andishalari uning sifat va kamolini ta`riflashda ojizdirlar.

U xalqni oz qudrati bilan yaratdi va mavjudotlarga borliq ato etib, ularni o`zi istagan yo`liga yetaklab, ushbu yo`ldan ilohiy muhabbatga erishishlari uchun ijod etdi. Mavjudotlar uning farmonini orqaga qoldirishga qodir emaslar va bajarilishda orqaga qoldirgan har narsani oldindan bajara olmaydilar. Har bir tirik jonga ma`lum va muayyan miqdorda rizq ato etdi.

Har kim ushbu miqdordan kam qilish yoki unga qo`shishni istasa, bajara olmaydi va bajarishga qodir emas. Shu payt har bir yaratgan maxluqiga ma`lum muddatda umr berdi va hayotidan kunlar o`tishi bilan qadamba- qadam ushbu vaqtga yaqinlashadi va yillar o`tishi bilan umrining belgilangan oxirgi lahzalariga yetib keladi va o`tgan umrining hosili yetib kelganida bajargan yaxshi amaliga yarasha va qilgan qilmishiga yarasha qo`rqinchli, vahshatli jazolanadi. Shu orqali yomonlik qilgan kishilar o`z jazolariga va  yaxshilik qilganlar o`z hadiyalariga yetadilar. Ushbu bor taolohning ravishi juda odilonadir va boshqalarni savolga tortadi.

Xudoga shukr va sanolar bo`lsinkim, agar u bandalariga cheksiz bergan ne`matlarining oldini olsa va bahramand bol`gan ni`matlari ro`parasida shukr va sano aytishlikni ta`lim bermagan bo`lsa, ular uning bergan ni`matlarini o`ziniki qilib va unga shukr- sano aytishlikdan bosh tortar edilar. Agar shunday bo`lsalar insonlik chegarasidan chiqib, hayvonlik chegarasiga yaqinlashar, balki undan ham past martabaga qadam qo`ygan hisoblanadilar. Shuningdek quroni karimning furqon surasining 44- oyatida ularni shunday ta`riflaydi:” noshukurlar, huddi hayvondek emas, balki gumrohroqdirlar”.

Xudoga shukurlar bo`lsinkim, o`zini bizlarga tanitdi va ungagina shukronada bo`lishlikni qalbimizga joyladi, parvardigorga nisbatan ilm darchalarini bizlar tomon ochdi va bizlarni yagonaligiga ixlosda bo`lishlikka yo`l ko`rsatdi, har qanday gumrohlik va uning ma`rifatiga shak- shubhada bo`lishlikni uzoqlashtirdi.

Shukronalar bo`lsinkim, butun umr xudodan ergashuvchi bandalar qatorida bo`laylik va uning rizoyati, avfu- marhamatidan bahramand bo`lgan kishilardan ham oldinda bo`laylik.

Shukronalar bo`lsinkim, barzaxt olamining qoronghiliklarini bizlarga yorigh qilsin va oxirat kunini bizlar uchun tez o`tadigan va oson qilsin. Qiyomat kunida bizning o`ylarimizni xalqning guvoh va shohidining joyiga yaqin qilgan holda (imom, payghambar va farishtalar) sharafli qil. U kun shunday kunki: har kim qilgan qilmishiga yarasha jazo oladi va ularga zulm bo`lmaydi. O`sha kun hech do`st o`z do`stiga foydasi yo`q va ularga yordam berilmaydi.(44-45 sura 22-41 oyatlar) yuksak maqomlar egasiga shukronalar bo`lsin va kitobda tanhogina haq nomi bilan raqamlanadi, unga yaqin kishilar uni ko`rib, yoki shahodat beradilar. Har vaqt azobli dard bilan ko`zlarimiz tikilib qolib, pilkillatishga qudrati yetmay qolgan paytda, shukr shunday bo`lsinkim  ko`zlarimizni yorugh etsin.

 Shukr shunday bo`lsinkim farishtalar qatorida bo`lib, bizlarning vijdonimiz, borliqimiz orqali bu yer ularga tang bo`lsin va bizlarni abadiy saroyida, karomat joyida, payghambarlar bilan birga bo`lishlikni yaqin qilsin. Xudoga shukrlar bo`lsinkim, xilqatning chiroyini bizlarning ixtiyorimizda va poku- pokiza kunligimizni o`z qo`limizda qo`ydi. Bizlarni butun xaloyiqlardan afzal ko`rdi, shuning uchun bizlarga bergan qudrat va farmonbardorlik natijasida boshqalar bizlarning farmonimiz ostida itoat qiladilar.

Xudoga shukirlar bo`lsinkim, bizlar uchun niyozmandlik eshiklarini o`zidan boshqaga man` qildi. Shuncha lutf va inoyatdan keyin unga hamd va shukronalikni bajarishda qanday qilib qodir bo`la olamaymiz? Qachon bajara olamiz? Yo`q qachon bajarishlikni istaymiz?

Xudoga shukronalar bo`lsinkim, azolarimizga kuch ato etib, ruh orqali hayotdan bahramand etdi. Azolarimizni ishlaydigan va mahkam qilib yaratdi, va pok rizqi bilan parvarishladi va o`z fazliga biniyoz etdi, o`z lutfiga sarmoya baghishladi.

Shundan so`ng bizlarni sinamoq uchun vazifalarni bajarishlikni buyurdi va shukronalik andozamizni aniqlash uchun imtihon qilib yomonliklardan saqladi.

Shunday qilib bizlar ining itoati orqali yaqinlashdik va farmonsiz arovaga mindik. Shu holda ham bizlarni jazolashda va qasd olishlikda shoshilmadi. O`z mehri bilan bizlarni baghishladi va qaytib kelib tavba qilishligimizni intizorlik bilan kutdi.

Xudoga shukirlar bo`lsinkim tavbaning darvozalarini bizlarga ko`rsatib, ul tavbaga yeta olmaymiz, magar uning fazl va karami orqali. Agar uning fazl va karamini, o`sha tavba qilishlik yo`lini ko`rsatib va uni bajarish qudratini berishlikda deb bilsak, ni`matlarini birma-bir a`lo darajada sana olamiz va fazlini buyuk deb bilaylik, rahmatini cheksiz deb hisoblaylik.

Tavba qilishlik tartibini bizlarga oson qilib ko`rsatdi va bizlarga toqat, qudratimiz tugaguncha vazifa yuklamadi va oson bo`lmagan amallarni istamadi va hech bahonaning yo`llarini bizlarga bermagan.  Shuningdek har kim undan yuz o`girsa halokatga uchraydi va har kim undan ergashsa saodatga erishadi.

Xudoga shukirlar bo`lsinkim, yaqinroq bo`lgan farishtasi, yaxshiroq bo`lgan xalqi va yaxshi vasflovchilari uni maqtab ta`riflaydilar.  

Har shukrdan yaxshiroq va yuqoriroq bo`lgan shukr(xudoga) bo`lsin, shuningdek uning zoti boshqa koinotlarga nisbatan buyukroqdir.

 bizlarga ato etgan har-bir ni`mati va o`tgan bandalariga, bundan keyin dunyoga keladigan bandalariga baghishlagan va baghishlaydigan ni`matlari uchun va uning ilmi butun narsalarni qamrab olgan va har nuqsonlar ruparusida qiyomat zuhurigacha nihoyatan qudratli (xudoga) shukronalar bo`lsin.

Binihoyat, raqamsiz, oxirsiz, cheksiz, zamonsiz (xudoga) cheksiz shukr va sanolar bo`lsin.

 Uning  itoatini istashlik va uning kechirimli bo`lishi lozim bo`lgan va xursandligiga bois bo`ladigan, behisht yulini kurgazadigan, ghazabidan saqlaydigan, itoat qilinishida yordam beradigan, gunohlaridan saqlaydigan, takliflarni bajarishlikda yordam beradigan (ollohimga) shukr bo`lsin.

Bizlarni yaxshi do`stlari qatorida ko`rib, shahidlar guruhida qo`ygan (ollohimga) shukronalar bo`lsin, u yordam beruvchi va maqtalgandir.