O`zi, (imom Sajjod a-s)oilasi va do`stlariga marhamat yo`llashi

Ey buyuk ajoyibotlari cheksiz bo`lgan (ollohim) Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin va bizlarni sening azamatingni inkor qilishlikdan saqla.

Ey farmonravonlik muddati binihoyat bo`lgan (xudoyim) Muhammad (a-s) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin va bizlarni sendan intiqom(qasd) olishlik yo`lidan saqlagin!

Ey rahmat ganjinalari tugab qolmaydigan (xudoyim) Muhammad (a-) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin! Bizlarni o`z rahamtingdan bahramand qil!

Ey xudoyim! hammaning ko`zlari seni ko`rishlikdan qolgandir, Muhammad (a-s) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin! Bizlarni o`z ostonanga yaqinlashtirgin.

Ey xudoyim! Sening buyukliging ro`parasida har bir boshqa buyuklik hech narsa emas, Muhammad (a-s) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin va bizlarni o`z oldingda ulughlagin.

Ey pinhon xabarlar sening oldingda oshkor bo`lgan xudoyim! Muhammad (a-s) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin va bizlarni o`z oldingda rasvo qilmagin.

Ey xudoyim! Bizlarni o`z ato etgan narsalaring ro`parausida, boshqalarning ato etishliklaridan beniyoz qilgin va odamlar bizlardan aloqalarini uzishlik tufayli vujudga kelgan va vahshatga tushishdan saqlab o`z baxshishlaring bilan siylagin to  sening ne`matlaring bizlarni kifoyat qilib, boshqalardan raghbatimiz bo`lmasin.

Ey xudoyim! Muhammad(a-s) va uning xonadoniga rahmating bo`lsin va ishlarni bizlarning foydamizga bo`lishlikga bajargin va ziyonini bizlardan uzoqlashtir va makringni bizlarning dushmanlarimiz uchun ishga sol va bizlarni ularga ghalaba qozontirgin.

Ey xudoyim! Muhammad(s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin, bizlarni o`z ghazabingdan uzoqda saqlagin va o`z panohingda hefz qil, bizlarni o`zing tomon yetaklagin, uzoqlashtirma. Sen har kimni saqlasang gazandsizdir va har kimni hidoyat qilsang dono bular va har kimni o`zing tomon yaqinlashtirsang ghanimat bilsin.

Ey xudoyim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin, bizlarni hayotda bo`lib o`tadigan, shaytonning vasvasalariga yuliqishdan, sultonning saltanatidan saqlagin.

Ey xudoyim! Beniyoz bo`lganlar faqatgina qudrating fazli bilandir, shuningdek Muhammad (s-a)va uning xonadoniga marhamating bo`lsin va o`zing bizlarni kifoyatlantirgin darhaqiqat baghishlovchilar sening baxshishing bilan baghishlaydilar, shuningdek Muhammad(s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin, (ne`matlaringdan) bizlarga baghishlab, beniyoz qilgin. Hidohat qilganlaring hidoyati sening fayzli nuring bilandir, shuningdek Muhammad (s-a) va unung xonadoniga marhamating bo`lsin.

Ey xudoyim! Sen har kimni yetaklasang, boshqalarning xor qilishliklari unga hech ziyon tegmaydi va har kimga karamingni ato etsang, boshqalarning kam etishliklari unga hech ziyon yetkazmaydi va har kimni hidoyat etsang, gumroh bo`lganlarning gumroh etishligi uni gumroh bo`lishga yetakla olmaydi, shuningdek Muhammad( s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin. O`z izzating bilan bizlarni bandalaring yomonliklaridan saqlagin va o`z hidoyating bilan bizlarni haq yuliga hidoyat qilgin shuningdek Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin.

Qalbing salomatligini azamat va buyukligingni yodlashligi bilan va tanimiz osoyishligini ne`matlaringni shukrlashligi bialn, tilimiz qudratini seni buyuklashligi uchun mashhur qilgin.

Ey xudoyim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamatin bo`lsin. Bizni, xalqni sening yo`lingga boshqaradigan mubalighlardan biri deb sanagin va bizlarni odamlar sening dining yo`liga boshqaradigan hidoyatlovchilar qatoriga ol va bizlarni sening dargohinga maxsus bo`lgan kishilardan biri deb bilgin, ey mehribonlarning mehriboni.