Ertalab va oqshom o`qiladigan duo

O`z qudrati bilan kecha- kunduzni yaratgan ollohga hamdlar bo`lsin va o`z qudrati bilan bu ikkalasini bir- biridan ajratib har biri uchun ma`lum vaqt quyib berdi va har birini( kichqurun- kunduzi) bir- birini ichiga sunghutib  chiqarib oladi ,shu orqali bandalarining kunlik niyozlarini ta`min qilib va ularning unib usishliklari, oromizlari shu yo`l bilan ta`minlanadi.

Kichqurunni oromsiz, kunuzgi ranj taloshlari, qarchoqlari va qullaridan berib quygan kuchlarini yanada qulga keltirishlari uchun yaratdi. Uni kiyim urnida quyib berdi toinki insonni o`ziga qamrab olsin va inson rohatlik bilan uxlab qaytatdan kuch olib shu orqali oromish va lazzatdan bahramand bo`lsin.

Kunduzni ravshand qilib yaratdi va shu orqali (bandalari) uni rizqu- ruzi va ehsonini talab qilishlik uchun kurashsinlar toinki barch ehtiyojlari qozonsin va dunyoda juda zarur bo`lgan ehtiyojlari va oxirat uchun zaxira qilishlik uchun kunduzi yer yuzida yarakat qila olsinlar.

Bu barch ishlar bandalarining tughri yulga boshqarish va yanada ularga toat vaqtini qanda qilib o`tkazganliklari, farz o`rinlarda va hukmlar o`rnini tanib amal qilishliklari tufayli ularni sinovdan o`tkazishlikga sabab bo`ladi, shu sababli yomon ishlardi qilganlarni jazolab yaxshi ishlarni bajarganlarga ajrini beradi.

Ollohim! Kechqurun qoronghilikini tong ravshanligi bilan yoritganing va bizlarni kunduz ravshanligidan bahramand qilganliging, rizqu-ruzimizni o`rnini bizlarga ko`rsatganing va ofat- balolardan ogohlantirganing uchun senga hamdu sanolar bo`lsin.

Yeru osomonda bo`lgan barcha harakatda yoki sokin va urnidan turgan mavjudodlar bizlar bilan ertalabga kirdilar, fazoda va yer ostida bo`lgan barcha maxluqotlar sening farmoning ostidadirlar.

Sening qul ostingda turgan holda ertalabga kirdik va sening qudrating bizlarni o`z sultasiga qamrab olding va sening istak va irodang bizlarni birlashtirib bir –birimizga boghlaydi, sening farmoninga suyangan holda ishlarni bajaramiz va seninj tadbiring sababli bizlarda o`zgarishlik yuz beradi, sening qazovatingsiz, bizlarga hech xayr barakat kelmaydi.

Bu kun yangi kundir, bizlar uchun shohid va guvohdir agar yaxshi ishlarni bajarsak bizlarga tahsinlar aytib vidolashadi va agar yomon ishlarni bajarsak bizlarni malomat qilgan holda jidolashadi.

Ollohim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga rahmat yo`lla va bizlarni bu kundan yaxshi bahra olishlikdan bahramand qilgin va katta- kichik gunohga yo`liqishdan o`zing saqlagin.

Bu kun bizlarga savob ato qilgin va gunohlarni bizlardan uzoqlashtirgin, kun boshini bizlarga senga shukronalar keltirib, oxirat podoshi va fazilatini qulga kiritish uchun quyib berib ehson qilgin.

Ollohim! Bizlarni amallarimizni nomayi amalga yozishlikni ikki farishtaga oson qilgin nomayi amalimizni yaxshi malallar bilan to`ldirgin, bizlarni yomon ishlarni qilganimiz bois u ikkifa farishta yonida yuzimizni yerga qaratmagin.

Ollohim! Bizlarga bu kunning har soatida shukronalar keltirish, ibodat qilish va farishtalarning bizlar to`ghrimizda rost guvohlik berishliklarini nasib etgin.

Ollohim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin, bizlarni barch tomondan oldin- orqa, rost- chap tomonidan gunohga yo`liqishdan saqlagin,  bu saqlashliging bizlarni toatinga boshqarib sening muhabbatin tomon hidoyat qilsin.

Parvardigorim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin, bizlarni bu kun va oqshomida va barcha  kunlarda yaxshi ishlarni bajarishlik, yomonlikdan yiroqda bo`lishlik, ne`matinga shukronalar keltirishlik, sunnatlardan intilish, bid`at (dinga yangilik kiritish)lardan saqlanish, odamlarni yaxshi ishlarga boshqarib yomon ishlardan saqlashlik, islomni saqlab qolishlik, botil nohaqlikni past tutish va (uni qoralash)lik, haqga yordam berishlik, adashganlarni to`ghri yulda boshqarishlik, tavonsizlarga yordam berish va haqqiga zulm bo`lgan kishilarga yordam berishlikga muvafaqiyat ato etgin.

Ollomim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga marhamating bo`lsin, bizlarga nasib qilgan bu kunni, bu kunni dark etgan kishilarning roziroqi, ne`matlaringa shukr keltiruvchiroqi, shari`atga e`tiqodi bo`lgan kishilarning kuchliroqi va man` etgan ishlaringdan o`zini saqlab qoluvchiroq kunlardan qilib qo`ygin.

Ollohim! Shahodat berishlikda kifoyat qilishi uchun seni shoidlikga olaman va yeru- osimoning va unda bo`lgan barchalar farishta, maxluqotlaringni shu kun, shu soat, shu oqshom va shu urnimda turib shahodat (guvohlik) beramanki sendan uzga xudo yo`q, adolat va insofni barpo etish sening ishingdir, senig hukming adolatning o`zginasidir, bandalaringa mehrabonsan, jahonning sohibi, maxluqotga rahm qiluvchisan va shuningdek guvohlik beraman: Muhammad (s-a) sening banding, rasuling maxluqotlaring ichida eng yaxshi va tanlagan bandangdir va sen risolatingni uning zimmasiga yuklading va u ham risolatingni yaxshi tarzda amalga oshirdi, xalqingni pand- nasihati orqali hidoyat qilishlikga dastur berding va u ham amalga oshirdi.

Ollohim! Muhammad (s-a) va uning xonadoniga boshqa maxluqotlaringa yo`llagan rahmatingdan ko`proqini unga yo`llagin. Bizning tomonimizdan bandalaringni biriga bergan eng yaxsh podoshingni birini birini ato etgin.  o`tgan umatlaringni birisi tomonidan ularning payghambarlariga bergan eng yaxshi podoshinga uxshash podoshni biz tomonimizdan unga bergin, chunki sen keiruvch van e`nat baghishlovchi va yuksaksan va har mehrabondan mehrabonroqsan. (ollohim!) Muhammad (s-a) va uning (barch gunohlardan) pokiza xonadoniga o`z rahmatingni yo`llagin.