Insonning fitrati xudoni istashlik va ungagina intilishi o’tgan matlablarda ma’lum bo’ldi. U – xudoga yaqinlashish maqsadidadir. Shuning uchun yo’l boshlovchiga ehtiyoji borligini his qiladi. Boshqa tomondan xudo insonlarning tabiatida, ghariza va bir-biriga qarshi xilma-xil istaklarni yaratgan. Inson yordamchi orqali harakat qilmasa, o’ziga qo’yib berilgan bo’lsa, tabiiy-ki o’zi va jamiyatni noto’ghri yo’lga boshqaradi. Shuning uchun xudoning marhamati insonlar uchun yo’l boshqaruvchilarni yuborishligini talab qiladi. Insonlarning moddiy-ma’naviy ehtiyoji va saodatini bila turib insonni o’z holiga qo’yishi, mehribon va hakim xudoga loyiq emas! Shu sababli inson jinsidan xudoning xabarlarini yetkazish uchun har tomonlama munosib bo’lgan holda, o’zi va insonlar o’rtasida aloqa bo’lishi uchun o’z elchilarini yubordi.
Shu munosabatdan, bir yuz yigirma to’rt ming payghambar (124.000) yuborilgani hadislarda bitilgan. Ularning orasida besh (5) payghambar yuksak elchi unvoniga ega bo’lib yangi shariat bilan tanlanib yuborilganlar.
Bu elchilar, qo’yidagilardan iborat:
1. Hazrat Nuh.(a-s)
2. Hazrat Ibrohim.(a-s)
3. Hazrat Muso.(a-s)
4. Hazrat Iso.(a-s)
5. Hazrat Muhammad.(xudoning rahmati unga va oilasiga bo`lsin)
Biz ularning barchasini qabul qilgan holda, hammalarini hurmatlaymiz. Ularning barisini har qanday nuqson va xatodan pok, ma’sum deb hisoblaymiz.
Asli matlab:
Abdulloh o`ghli Muhammad(xudoning rahmati unga va oilasiga bo`lsin), o`tgan dinlarni komil qiluvchi payghambar hisoblanadi. O’tgan payghambarlarning dinlari u kishi tomonidan tasdiqlangandir. Boshqa jihatlardan u kishining Qur’on va yo’l boshqarishlari juda o’rinli va komildir. O’z vazifalarimizni u zotdan olib, unga ishonch hosil qilgan holda barini amalga oshiramiz.
Hazrati Muhammad(s-a) quraysh qabilasining Hoshim xonavodisiga tegishlidir. U ulugh zotning otalari Abdulmuttalib o`ghli Abdulloh Hoshimning nabirasi va onalari quraysh qabilasidagi bani zuhra xonavodisiga tegishli bo`lib Vahab qizi Omina hazratlaridir.
Abdulloh hazratlari uylangandan keyin Shomga safarga otlandi va Shom safaridan qaytishlikda Madina shahrida olamdan ko`z yumib usha yerda dafn etildi.
Muhammad (s-a) otalari hazrati Abdulloh vafotlaridan bir necha oydan so`ng rabiyul avval oyida 571chi milodiy yili Makka shahrida dunyoga ko`z ochdilar.
Onalari u hazratga sut berishlik uchun Makka shahrining rasmu-rusumiga ko`ra Halima isimli ayolga topshirdilar to`rt yil usha yerda unib usdilar. To`rt yildan so`ng onalari ota qarindoshlarini ko`rishlik uchun ul hazratni o`zlari bilan Madina shahriga olib bordilar, Madina shahridan qaytishlikda onalari olamdan ko`z yumib, Makka va Madina shahri o`rtasida joylashgan Abvo degan yerda dafn etildilar.
Bu voqiadan so`ng bobolari hazrati Abdulmuttalib va u kishidan so`ng amakilari hazrati Abutolib hazrati Ali(a-s) ning otalari u hazratning kafilliklarini o`z zimmalariga oldilar. Yigirma besh yasharlik choghida qirq yoshida bo`lgan Xadicha hazratlaril bilan turmush qurib yigirma besh yil u kishi bialn yashadilar Xadicha hazratlari oltmish besh (65) yoshda olamdan ko`z yumdilar.
U hazrat qirq yoshlarida Xudo tomonidan nabiy etib ta`yinlandilar va insu- jin keltirishlikga ojiz bo`lgan kitob ya`ni quron u hazratga vahiy bo`ldi, Xudo u hazratni xotamulanbiyo ya`ni nabiylarning oxirgisi deb nomlab axloqni komil qiluvchi degan unvonni u kishiga berdi.
U hazratning dunyoda oltmish uch (63) yosh umir ko`rdilar, bu 63 uch yosh muborak umirlarini uch qisimga taqsim qilib bo`ladi:
Umirlarini boshidan boshlab payghambar unvoniga ega bo`lishlikgacha bo`lgan qirq yil.
Payghambar unvoniga ega bo`lishidan boshlab Madina shahriga hijrat qilishlik o`rtasida bo`lgan 13 yil.
Hijratlaridan so`ng vafotlarigacha bo`lgan 10 yil.
Mashhur xabarlarga ko`ra hazrati Muhammad (s-a) o`n birinchi hijriy yilining safar oyida Makka shahrida olamdan ko`z yumdilar, xudoning rahmat va salomi u zotga bo`lsin.
Bir qarashda har bir payghambarning nabiyligi uch yo`l orqali isbotlanib qabul qilinadi:
1. Payghambar ekankigidan xabar berishi.
2. Payghambar unvoniga munosib bo’lishi.
3. Mo’jizasi bo’lishi.
Hech yashirin o’rni yo’qki payghambarimiz 611- yilida, shirk, but va olovga sighinishlik butun olamni qamrab olgan bir paytda buyuk Makkadan turib, nabiyliik xabarini beradi va umrining oxirigacha xalqni islom diniga da’vat qiladi, ko’pgina insonlar uni da’vatini qabul qilib musulmon bo’ladilar.
Payghambar unvoniga munosib bo’lishlik,qo`yidagilardan iborat: Nabiylik unvonidan xabar berishlik uchun albatta yaxshi xulq- axloq sifatlari unda bo’lishligi kerak. Nafsining eng uluch darajasida barcha ummatlardan afzalroq, komilroq, buyukroq va barcha xunuk axloqlar, sifatlar, yomon amallardan pokiza bo’lishi shart. Bularning barchasi payghambarimiz Muhammad (xudoning rahmati unga va oilasiga bo`lsin) da ochiq- oydin namoyondir. U kishining do’st-u dushmanlari yaxshi xislatlarini maqtab, u kishining eng ulugh darajalari yaxshi amallari to’ghrisida xabar berib, yomon axloq nabiylikka o’zgacha to’sqinlikdan yiroqda deb bilishgan.
Xulosa qilib aytganda, bu axloqning yuksak darajasi, maqtashga sazovor bo’lgan sifatlari, yaxshi odob va shuningdek butun olam bashari, xususan Hijoz, arab yarim oroli xalqlariga o’zgarishlar kiritdi. Shuningdek u kishining ulugh so’zlarida xudoning sifati, yagonaligi, fiqh hukmlari, halol- harom, nasihatlar, xulqlari va … namoyon bo’lar edi. U kishining har bir munosib bo’lgan xislatlari nabiylik mansabiga yetarli dalildir. Har bir insofli insonga shak, shubha qilishga ham yo’l qo’yib.
Mo’jizani besh qismga bo’lish mumkin:
1. axloqiy mo’jiza
2. Ilmiy mo’jiza
3. amaliy mo’jiza
4. ma’naviy mo’jiza
5. vujudiy mo’jiza
Payghambarimiz yoshlik choghidayoq rostgo’ylik, omonatdorlik, sabr qilish va kechiruvchilikda insonlar orasida birinchilardan bo’lib tanilgan edi. Xush axloqlikda tengi yo’q. وَإِنَّكَ لَعَلى خُلُقٍ عَظِيمٍ kechirimli bo’lishda yagona edi. Har vaqt past insonlar u kishini qiynab masxara qilganlarida ushbu duoni o’qir edilar. Hamisha xalqning jonkuyari, ayniqsa mo’minlar mehriboni edi. بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُوفٌ رَّحِيمٌ muloyim muomilada va yaxshi axloqni sahobalardan darigh tutmas edi, xush axloq kishilarga o’z oldidan joy ochar edi. Har kim odobi, yaxshi axloqi bilan musulmon orasida tanilgan bo’lsa, u kishi uchun afzalroq edi. Payghambarimiz uchun eng aziz inson – xalqqa yordami teguvchi, ularga moddiy jihatdan yordam beruvchi, ziyod ehson qiluvchi kishi hisoblangan. Ulugh zot, majlislarda ko’pincha faqatgina xudoni yodga olar va qibla tomonga qarab o’tirar, o’zi uchun maxsus joy tanlamas edi. U kishi odamlar bilan shunday muomilada bo’lar ediki odamlar o`zlari to`ghrilarida payghambarga eng aziz inson diya gumon qilar edilar. Hech kimning so’zini bo’lmas, malolat qilmas edi. Insonlarning xatolarini oshkor qilmas, barcha yaxshi axloqlaraga ega edi. Notanish kimsalar va arablarning ro’paro’sida sabr qilar edi. Bechora, nochor insonlar bilan yerda o’tirib ovqatlanar edi. Yeb ichishi, kiyinishi oddiy xalqdan ziyod emas edi. Har kimni ko’rsa, salom berib ahvolidan so’rar, ilm, axloq, odob sohiblarini ulughlar edi. Hammadan ustivorroq, donoroq, sabrliroq, adolatliroq, mehribonroq va jasurroq edi. Keksalarni hurmat, yoshlarga muhabbat va ghariblarga yo’l- yo’riq ko’rsatar edi. Imkoni boricha tanho bir o’zi biror narsa yemas edi. U kishi bu dunyodan ko’z yumganlaridan keyhin botir, jasurliklarini hazrat Ali(xudoning rahmati unga va oilasiga bo`lsin) shunday deb ta’riflaydi: urushlarda qattiq to’qnashuvlarga duchor bo’lib qolsak, u kishidan panoh izlar edik.
Payghambarimizning kechirimli bo’lganliklarini shu darajada bilsa bo’ladiki, muqaddas Makkada zafar qozongandan so’ng, kabatulloh eshigi yonida turib, xalqga qarab: “o’z xalqlaringiz to’ghrisida nima deysizlar?” deganlarida, javob berdilar: yxshi so’z aytamiz, yaxshi gumon qilamiz. Sen bizning yo’ldoshimis san. Bugun ushbu qudratga erishding. Har nima istasang bajara olasan.” Payghambarning bu so’zlardan xo’rliklari kelib, ko’zlridan yosh tomchilay boshladi. Makka ahli bu holni ko’rib, baland ovoz bilan zor- zor yighlay boshlashdi. Shunda u kishi: “faqat shu so’zni aytamanki, barodarim Yusuf bunday der edi: لاَ تَثْرَيبَ عَلَيْكُمُ الْيَوْمَ يَغْفِرُ اللّهُ لَكُمْ وَهُوَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِين Oyat’ ” deb buyurdilar. Shundan keyin Makka ahlining gunohlarini kechirib, “o’z yo’llaringizda ozod yuringlar” dedilar.
Bu to’ghrisida tegishli kitoblarga murojaat qilib u kishining nasihatlari, xitoblari va so’zlari yozilib qoldirilganligini bilish mumkin.
Payghambarimizning amal va raftorlari yoshlik davridan boshlab ko’z yumgunlarigtacha hammasi mo’jizadir. O’sha davrdagi yashovchi Hijozliklarning ruhiyasiga xususan o’sha zamondagi insonlarga qaraganda u kishining amal va raftorlarini mo’jiza sifatida yaqqol ko’rsa bo’ladi.
Ha, tikanzorda bir hidli gul unib chiqdi. Uning hidlarini o’ziga olmasdanoq ularni o’zgartirib yubordi. Ularning yashash tarzlariga bo’ysunmay balki boshqarni o’zining yashash tarziga bo’y sundirdi. Yigirma uch yil (23) ichida qiyinchilik, tashvishlar bo`lishidan qat’iy nazar to’rt asosiy, ahamiyatli ishlarni bajardi. Bu ishlarning har birini amalga oshirish uchun ko’p vaqt talab qiladi.
Ushbu to’rt ahamiyatli ishlar qo’yidagicha:
1. o’zining zamonidagi taniqli dinlarga qarshi yangi dinni ochib berdi. Xalqni mo’min bo’lishiga sababchi bo’ldi. Hozirgacha uning ta’siri milionlab ergashuvchilarning qalbini o’ziga rom etgan. Insonlarning ustki ko’rinishini o’zga qaratish oson, biroq ularning dillarini o’ziga rom etish oson ish emas. U ham bo’lsa mutaassiblik, fanatiklik va jaholat davrida.
2. turli xil qabilalardagi kelishmovchiliklar, bir-birlariga dushmanlik qilish, qon to’kish va doim ularning orasida jang, urush uchqunlari barpo edi. Shunday bir zamonda ahil bir millatni vujudga keltirib ularni orasida do’stlik- barodarlik ahdu paymon, huquqlarning barobarligi, haqiqiy birlik, mustahkamlik kalimasini vujudga keltirdi. Oradan yillar o’tib turli qabilalar orasida bir Muhammad(xudoning rahmati unga va oilasiga bo`lsin) ummati degan ummatni tashkil qildi. Hozirgacha boqiy qolgan va o’sib bormoqda.
3. Tarqaib yashovchi qabilalar orasida har bir qabilada urfu odat bor edi. O’z bilarmonchilikka odatlangan edilar. Asl markaziy hukumatlari yo’q edi. U kishi ozodlikka, istiqlollikka hokim bo`lgan davlatni tashkil qildi. Qudrat va ta’sir jihatdan shu darajaga yetib kelgan edi-ki bir asrdan so’ng jahondagi tanho, yagona hukumat bo’lib hisoblanar edi. U ulughvorning o’zlari bir kun o’sha zamonning podshohlariga oltita maktub yozib hammani Islomga da’vat etagan edi. Podshohlar esa o’zlarini eng yuksalgan, qudratga erishgan mamlakat va arablarni o’zlarining oldilarida hech narsa deb bilas edilar. U kishining yozgan xatlari Eron shohining qo’liga yetib borganida , u kishining ismi shohning ismidan oldin yozilganligi tufayli ,payghambarni o’z oldiga olib kelishligini buyurdi. Ha, ular arab to’ghrisida shunday fikr qilar edilar. Arablar o’sha qadimiy arablar va habashning kichik lashkarlari muqobilida hech qanday qarshilik ko’rsata olmagan, o’z uylari, yashashlari va Makka shahrini tashlab toghlarda yashaydigan insonlar deb bilishar edilar. Ammo ularning ilohiy rahbari, samoviy kitob borligi va boshqa qadimdagi arablardan emasligini anglamas edilar.
4. Yigirma uch (23) yil ichida qonunlarni yaratib, insonlarning extiyoriga qo’yib berdi. Shu jumladan: insonlarga kerakli bo’lgan masalalar hozir va qiyomatgacha boqiy! Ularga amal qilish insonlar uchun shu dunyo va oxiratda saodat baghishlaydi va hech eskirib qolmaydi.
Bu qonunlar tirik va abadiy ilm markazlarida faqihlar tomonidan fiqh unvonida tanilib insonlarning amaliy vazifalari to’ghrisida tahlil, bahs qiladi.
u kishinig abadiy- boqiy qolajak mo’jizlari Qur’on! Qur’on, payghambarimizga 23 yil mobaynida nozil bo’lgan. O’sha zamondan boshlab hozirgacha turli bashar umumxalq orasida har jihatdan diqqat va mutolia etilgan. Donishmandlarni hayratda qoldirib asrlar mobaynida mustahkam, o’zining oliy o’rnini saqlab qolgan. Har qanday o’zgarish kam va ziyod bo’lishdan saqlanib, 100 lab tafsir- kitoblar ma’no qilingan. Haqiqatlar unda bitilgan. Olloh toolo uni himoya qilishni o’z zimmasiga olgan. إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ