Masjid hukmlari

915 –  Modda: Majsidning poli, patalogi, tomi va devorining ichki qismini nasajlash harom. Najaslanganini bilib qolgan kihsi tezlik bilan uni poklashi lozim. Masjidning tashqi qismini najaslamaslik vojib. Najaslanib qolsa poklasinlar. (masjidni vaqf etgan kishi tashqi qismini masjidning bir qismi demagan bo’lsa poklash farz va vojib emas.)

916 –  Modda: Masjidni poklay olmasa yo poklash uchun yordamga muhtoj bo’lib yordamchini topa olmasa, bu kishiga masjidni poklash farz emas. Ammo poklashlikga qurbiyetadigan kishiga xabar yetkazishi shart.

917 –  Modda: Masjid ghasb qilinib (tegishli shaxslardan ijozasis) o’rniga uy va shunga o`xshash bino qurilsa yo shahar va qishloq yo’llarini kengaytirishda masjidning bir qismi (buzilib) ko’cha va xiyobonda qolib qolsa bu ko’cha va xiyobonni najislamaslik vojib, u yerni poklash lozim.

918 –  Modda: O’likning jasadini masjidda qo’yish bilan masjid najaslanmasa yo unga ehtiromsizlik hisoblanmasa uni qo’yish joiz. Ammo o’likni masjidda qo’ymaslik yaxshiroq. Ghusl berilganidan so’ng mutlaqo joiz.

919 –  Modda: Payghambar va imomlarning (yo’lboshchilar) ziyoratgohlarini najaslash harom. Bordi-yu najaslansa – chunonchi najas holida qolishi ehtiromsizlik bo’lsa – poklash farz. Ammo najas holida qolishi ehtiromsizlik bo’lmasa poklash mustahab.

920 –  Modda: Masjidning buryo va qolini najaslansa suv bilan yuvish vojib.

921 –  Modda: Qon, siydik kabi najasning o’zini masjidga olib borish – masjidga ehtiromsizlik hisoblansa – harom. Shuningdek, najaslangan (kiyim, poyafzal va sh.k. ) narsani masjidga olib borish – masjidga ehtiromsizlik hisoblansa – harom.

922 –  Modda: Ta’ziya, diniy bayramlar va shunga uxshashlirni masjidda nishonlash uchun masjidda pardalar urilishi, maishat dasturxonlari masjidda yoyilishi – masjidga zararsiz bo’lsa va namoz o’qishga xalaqit bermasa – joiz.

923 –  Modda: masjidni tilla- oltin bilan bezamaslik vojib! Shuningdek, inson, hayvon va shu kabi jondor hayvonlarning rasmini masjidda chizmaslik vojib. Ammo gul va shu kabi jonsiz narsalarning rasmini masjidda chizish makruh!

924 –  Modda: Masjidni buzilgan taqdirda ham sotish, shaxsiy qilish yo yo’l qilish joiz emas.

925 –  Modda: Masjidning eshik, deraza va shu kabi narsalarini sotish harom! Masjid buzilsa ularni shu masjidni tamirlashda ishlatilishi lozim. Chunonchi bu masjidga yaroqsiz bo’lib qolgan bo’lsa boshqa masjidga ishlatilsin. Ammo boshqa masjidga ham yaroqsiz bo’lib qolgan bo’lsa ularni sotib pulini o’sha masjidni ta’mirlashda ishlatilsin, bo’lmasa boshqa masjidlarga xarajat etilsin.

926 –  Modda: Masjid qurish va buzilishga yaqin qolgan masjidni ta’mirlash sunnat. Masjidni ta’mirlab bo’lmas darajada buzilgan bo’lsa uni to’la aghdarib qayta tiklash joiz. Buzilmagan masjidni namozxonlar ehtiyoji uchun, kengaytirish maqsadida buzish joiz.

927 –  Modda: Masjidni tozalash va chiroqlarini yoqish sunnat. Masjidga yo’l olgan kishi o’ziga xushbo’y hid, pokiza, faxr keltiruvchi va arziguli kiyim kiysin. Poy’afzalini – najas bo’lmaganini bilish maqsadida – tekshirsin. Masjidga kirish o’ng oyoq bilan, undan chiqishda chap-so’l oyoq bilan chiqish sunnat. Hammadan oldin masjidga kelish, barchadan so’ng masjiddan chiqish sunnat.

928 –  Modda: Inson masjidga kirganida – masjidga ehtirom niyyatida – ikki (2) rakaat namoz o’qishi sunnat. Boshqa farz yo sunnat namozni o’qisa ham kifoya qiladi.

929 –  Modda: Inson nochor bo’lmaganda masjidda uxlashi makruh. Masjidda, dunyo ishlaridan gapirish, hunar bilan shughullanish, nasihat va shu kabi ma’noni yetkazmaydigan she’rlarni o’qish makruh. Shuningdek, masjidda tupurish, balgham tashlash, yo’qolib qolgan narsani so’rash, azondan boshqa ishlar uchun tovushni baland chiqarish makruh.

930 –  Modda: Devona va ko`dakni masjidga yo’l berish makruh. Ammo ko`dakn xalaqit bermasa va namozga ishtiyoqi oshsa uni masjidga keltirish sunnat.

931 –  Modda: Sarimsoq, piyoz va shu kabi oghizni yoqimsiz hidga bulghaydigan narsani yegan kishining masjidga kelishi makruh.