hayvonlarni So'yish va Ovlash hukmlari

2709- modda: Go’shti- eti halol hayvon (kelgusida aytiladigan ravishda), so’yilsa – xoh xonaki hayvon bo’lsin, xoh yovvoyi bo’lsin – joni chiqqanidan so’ng go’shti- eti halol bo’ladi, Badani esa poklanadi [1].

2710- modda: go’shti halol Yovvoyi hayvon (ohu, kaklik togh echkishi va …lardek) va oldin xonaki bo’lgan, ammo hozirda yovvoyilashgan hayvon (uydan qochgan tuya, sigir va …lardek)ni osonlikcha so’yib bo’lmasa, (kelgusida aytiladigan ravishda) ularni ovlashsa, halol va poklanadi! Ammo, so’yishi osonlikcha mumkin bo’lgan tovuq va qo’ydek go’shti halol hayvon (yo o’rgatish natijasida xonakilashgan yovvoyi hayvon) ovlansa, halol bo’lmaydi, poklanmaydi.

2711- modda: Go’shti halol yovvoyi hayvon qocha olsa, ovlash orqali halol va poklanadi. Shu uchun, qocha olmaydigan ohu bolasi yo uchib bilmaydigan kaklik bolasi ovlash natijasida halol va pok bo’lmaydi. Ohu va qocha olmaydigan ohu bolasi bir o’q bilan ovlansa, ohuning o’zi halol, bolasi esa harom!

2712- modda: (baliqdek) Oqar qoni oqmaydigan hayvon, o’zidan o’zi suvda o’lsa (yo fiqh kitobilarida aytilmagandek ovlash natijasida jon bersa) gho’shti poklanadi ammo halollanmaydi, uni yeb bo’lmaydi.

2713- modda: (ilondek) Gho’shti harom hayvonning oqar qoni bo’lmasa, so’yilishi natijasida halol bo’lmaydi! Ammo uning o’ligi (xoh o’zi o’lgan bo’lsin, xoh so’yilgan bo’lsin) pok!

2714- modda: To’nghiz va it so’ymoq va ovlamoq bilan poklanmaydi! Go’sht- etlarini emoq harom!!! (bo’ri, yo’lbars va …lardek) Go’shti harom go’shtxo’r yirtqich hayvonning go’shti, so’yish yo ovlash natijasida halollanmaydi ammo poklanadi. Ammo ovchi it bilan ovlansa poklanmaydi.
to’nghiz va itdan bo’lak barcha hayvonlarni (fiqhda aytilgan ravishlar bilan so’yish yo ovlash orqali) poklash mumkin [2] .

2715- modda: Tirik hayvon qornidan o’lik bolasi chiqarilsa (yo chiqsa), go’shtini yemoq harom.

Hayvon so’yish dasturi

2716- modda: Bo’ghiz (Havo yo’li), qizilo’ngach (ovqat yo’li) va tomoqning ikki tomonidagi qizil qon tomirlari (arteriya) tomoq to’poghi ostidan to’la kesilsin. Ularni teshib qo’yish kifoyat qilmaydi. Bularga (bo’ghiz, qizilo’ngach va ikki tomir)ga – “to’rtyo’l” deyiladi.

2717- modda: To’rtyo’ldan ba’zilari kesilib hayvon o’lishi kutilsa, o’lganidan so’ng qolgan to’rtyollar kesilsa, so’yish dasturi asosida so’yilmagan bo’ladi. Shuningdek, to’rtyo’l ketma- ket kesilmasa (balki, bir ish deyilmaydigan miqdorda hayvon jon berishidan oldin astasekinlik bilan kesilsa), so’yish dasturi asosida so’yilmagan bo’ladi.

2718- modda: Bo’ri, qo’y tomoghini (kesilishi lozim bo’lgan to’rtyo’ldan hech vaqo qoldirmay) yirtib tashlasa, bu qo’y harom bo’ladi.
to’rtyo’lni tepasidan yo ostidan yegan bo’lsa va bu yo’llardan ma’lum miqdori boshi yo jasadiga qolgan bo’lsa yoki ba’zi yo’llarni to’la yegan bo’lsa, bu qo’y gho’shtidan yemaslik vojib. Ammo, bo’ynidan bir miqdorini yirtib tashlashi natijasida to’rtyo’l qolib qolsa (yo jismining boshqa joylarini yegan bo’lsa) – qo’y tirik bo’lib kelgusida aytilajak ravishda so’yilsa, go`shti halol va poklanadi.

hayvon So’yish shartlari

2719- modda: Hayvon so’yishning olti (6) sharti bor:

1. so’yuvchi (xoh erkak bo’lsin, xoh ayol) musulmon bo’lishi lozim [3]. Musulmon bola, yaxshi- yomonni tushunadigan bo’lsa, so’ya oladi.

2. hayvonni temir bilan so’yish lozim [4].

3. so’yish vaqtida, hayvonning old qismi qibla tomonga bo’lmoghi lozim. Buni bilgan kishi qiblaga burib so’yishi lozim. Chunonchi atayin qibladan hayvonni o’girib so’ysa, hayvon haromlanadi. Ammo qibla tomonga o’girishni unitib qo’ysa yo qiblani aniqlashda xato qilsa yoki qibla qaysi tomondaligini bilmasa (so’rab- surishtira olmasa va so’yishga majbur bo’lsa) yoki hayvonning o`zini qibla tomon o’gira olmasa, qibladan boshqa tomonga qarata so’yishi mumkin!!!

4. pichoqni hayvon tomoghiga qo’yganida, so’yishni niyyat qilib Alloh nomini tilga olsin. “bismillah (Alloh nomi bilan)” desa kifoyat qiladi. So’yish niyyatida bo’lmay turib Alloh nomini tilga olsa, kifoyat qilmaydi (ya’ni hayvon halol bo’lmaydi va poklanmaydi.) shuningdek, Alloh nomini tilga olishni bilmagani tufayli Alloh nomini tilga olmay so’ysa, hayvon halol bo’lmaydi, poklanmaydi!!! Ammo, esidan chiqarib tilga olmasa, hayvon go’shti halollanadi va poklanadi.

5. hayvon tirik bo’lishi lozim. To’rtyo’l kesilishi oqibatida jon berishi kerak. Demak, hayvon so’yilgani tufayli jon berilgani ma’lum bo’lsa, bilinsa, go’shti halol va poklanadi. Ammo so’yilishidan oldin tirik bo’lganiga shak- shubha bo’lsa, qo’yidagi shart bilan pok bo’ladi: so’yilganidan so’ng, so’yilishidan oldin tirikligini anglatadigan harakatda bo’lishi (masalan: oz bo’lsa ham dumini oghir harakatga keltirishi yo likillatishi) yo oyoghini yerga tortishi, urishi yoki jasadidan ma’lum miqdorda qon chiqishi.

6. so’yish, so’yilish yeridan bo’lishi lozim (tomoqdan bo’yin tomon bo’lishi kerak). Pichoqni bo’ynidan botirib tomoghi tomon harakatga keltirmaslik vojib.

2720- modda: Still??? A’lo temirlardan. Shuning uchun, still??? Pichoq bilan so’yish mumkin.

Tuyani so`yish dasturi

2721- modda: so’yish sharoitlarini rioya qilgan holda, pichoq yo tez narsani tuya bo’yni va ko’kragi orasidagi bo’shliqqa botirishlari lozim.

2722- modda: Pichoqni Bo’shliqqa botirishda, tuya tik turgan bo’lishi yaxshiroq. Ammo tiz cho’kkan yo yonboshiga cho’zilib old qismini qibla tomon o’girgan bo’lsa ham so`yish  mumkin.

2723- modda: Pichoqni bo’shliqqa botirish o’rnida tuya so’yilsa yo tuyadan boshqa hayvon, tuya so`yilganidek so`yilsa, go’sht- etlari harom va jasadlari najas! Ammo tuyani to’rtyoli kesilganidan so’ng pichoq aytilgan bo’shliqqa botirilsa, go’shti halol va badani pok. Shuningdek, tuyadan boshqa hayvonning bo’shlighiga pichoq botirilganidan so’ng tirikligida to’rtyo’li kesilsa, halol va poklanadi!!!

2724- modda: Hayvon ters- sarkash??? bo’lgani (yo quduqdek chuqurlikka tushib qolgani va so’yilmasa nobud bo’lish ehtimoldan yiroqmasligi) tufayli, fiqhda aytilgan ravishda so’yib bo’lmasa, (xanjardek) tez narsa bilan badani yirtilsa, yaralansa va shu yirtilish yaralanishi oqibatida jon bersa, go’shti halol bo’ladi. (boshi qiblada bo’lishi shart emas. Ammo so’yishning qolgan shartlariga amal qilish lozim.)

so’yish paytida sunnat bo’lgan amallar

2725- modda: Qo’yidagi ishlar, so’yishda sunnat:

1. qassob beti, so’yish paytida qibla tomon bo’lishi.

2. so’yishdan oldin, hayvonni sughorish, suv berish.

3. hayvonni kamroq ozor chekishiga harakat qilish. Masalan: tez pichoq bilan shoshilib kesish.

4. qo’yidagidek boghlash:

a.   qo’yni ikki qo’li va bir oyoghini boghlash. (ikkinchi oyoghi ochiq qolishi)

b.   sigirni har to’rtala qo’l- oyoqlarini boghlas. Dumini ochib qo’yish.

c. [Tovuqni so’ygandan so’ng qo’yib yuborish.]

d.   Tuyani ikki qo’lini pastidan tizzasigacha yo ko’ksigacha bir- birigacha boghlash (va oyoqlarini ochiq qo’yib qo’yish)

so’yish paytida makruh bo’lgan amallar

2726- modda: Boshqa hayvon, so’yilayotgan hayvonni ko’rib turishi.

2727- modda: Qo’yidagi ishlar, so’yishda makruh:

1. Payshanba kecquruni va juma ertalabidan peshinigacha (ehtiyoj tughilib qolsa makruh emas).

2. kishi, o’zi parvarish etgan hayvonni so’yishi. Ruhi jismidan chiqmay turib terisini shilmaslik vojib. ???. Ruhi jismidan chiqmay turib kallasini tanidan ayirmaslik vojib. (balki; ayirish harom! [5]) ammo bu ish bilan hayvon gho’shti harom bo’lmaydi.

qurol bilan ovlash hukmlari

2728- modda: go’shti halol yovvoyi hayvon, qurol- yaroq bilan ovlanishi natijasida jon bersa, qo’yidagi besh (5) shart bilan halol va jasadi poklanadi:

1. ovchi, musulmon bo’lishi lozim [6]. Yo yaxshi- yomonni tushunadigan musulmon bolasi bo’lmoghi shart.

2. o’ljani ovlash maqsadida uni nishonlash lozim. Ya’ni: qurolni bir tomonga burib otganida, noxosdan biron hayvonga tegib uni o’ldirsa, halol bo’lmaydi (yemoq harom).

3. qurol, pichoq yo nayzadek tez bo’lishi va tezligi tufayli hayvon badanini yirtishi va hayvon, qon to’kishdan jon berishi lozim. Shuning uchun, o’ljani, to’r, tosh va shu kabilar bilan ushlab o’ldirsalar, halol va pok bo’lmaydi! Ammo qapqon qo’yib ushlagandan so’ng so’ysalar, halol bo’ladi.

Agar olja miltiq bilan ovalansa, o’qi sochma bo’lsa va sochmaligi tufayli jasadini parchalab tashlashi yo harorati tufayli kuydirib yuborishi natijasida o’lja jon bersa, halol bo’lmaydi.

4. qurol ishlatish vaqtida Alloh nomini tilga olishi lozim. Chunonchi, qasddan uni tilga olmasa o’ljasi halol emas. Ammo unitishi tufayli tilga olmasa halol bo’ladi.

5. o’ljaga yetgan zamonda, o’lgan bo’lishi yo o’lmagan bo’lsa so’yishga zamon qolmagan bo’lishi lozim. So’yishga vaqt bo’lsa ammo boshini kesmasa, o’lja harom.

2729- modda: Hayvon nishonlanib otilganidan so’ng suvdek yerda qulasa va ovchi, suvga tushgani va o’q tekkani uchun jon berganini bilsa, halol bo’lmaydi. Hatto, faqat o’q tegishi tufayli jon berganiga shak- shubhada bo’lsa, halol emas. O’ljani ovalagandan so’ng uni yo’qotib qo’yganlari bois bir muddatdan so’ng o’ligini topishsa, – faqat qurol- yaroq bilan o’ldirilganiga ishonishsa – halol. Ammo, quroldan bo’lak boshqa narsa uning o’limiga sabab bo’lsa, harom va najasdir.

2730- modda: O’ghirlangan it yo qurol- yaroq bilan ovlasa, o’lja halol va uning o’ziga ta’luqli. Ammo gunohidan tashqari, qurol yo itning ujrati???ni egasiga to’lashi farz!

2731- modda: Qilich va shundek ovlash to’ghri bo’lgan tez narsa bilan o’lja o’rtasidan ikkiga bo’lgan bo’lib va bosh- tomoq bir qismda qolgan bo’lsa va ovchi boshiga kelib yetganida jon bergan bo’lsa, – shu bo’lish tufayli jon bergan bo’lsa – har ikkala qismi halol. Ammo hayvon tirik bo’lib, so’yishga vaqt qolmagan bo’lsa, bosh- tomoghli qismi halol, ikkinchi qismi halol emas. So’yish uchun vaqt bo’lsa boshsiz qismi harom, boshli qismning boshi fiqhda aytilgandek kesilsa – boshini kesish vaqtida tirik bo’lsa (hatto jon berishi tufayli tirik qola olmasa) – halol.

2732- modda: (Yoghoch, tosh va …lardek) ovlash mumkin bo’lmagan asboblar bilan o’lja ikkiga bo’linsa, bosh- tomoqsiz qismi harom, bosh- tomoqli qismida jon bo’lsa va fiqhda aytilganidek so’yilsa, – boshini kesish vaqtida tirik bo’lsa (hatto jon berishi tufayli tirik qola olmasa) – halol.

2733- modda: Hayvon so’yilgani yo ovlanganidan so’ng qornidan tirik bo’la chiqib qolsa va bolasi fiqh dasturi asosida so’yilsa, halol. So’yilmasa harom.

2734- modda: Ovlangan yo so’yilgan hayvonning qornida bolasi bo’lsa va bolasining xilqati hali komil bo’lmagan bo’lsa (soch- jun unimagan bo’lsa), harom. Xilqati komil bo’lgan bo’lsa va onasi qornidan tirik chiqarilsa, so’yilganidan so’ng halol bo’ladi. O’zi o’lsa harom bo’ladi. O’lik holida ona qornidan chiqarilsa, – onasi o’limidan oldin o’lgan bo’lsa – harom va najas. Onasini o’ldirish orqali o’lgan bo’lsa halol va pok.

Ovchi it bilan ovlash

2735- modda: Ovchi it, yovvoyi hayvon yo go’shti halol yovvoyilashgan xonaki hayvonni ovlasa, qo’yidagi yetti (7) shart bilan halol va pok bo’ladi:

1. it, o’lja ketidan yuborilganda ketadigan, yuborilmaganda ketmaydigan qilib o’rgatilgan bo’lishligi lozim. Ammo o’ljaga yaqinlashi natijasida to’xtamasa ham bo’ladi. Erasi o’ljaga yetishidan oldin uni yeb qo’yishga odatlangan bo’lsa, haligi o’lja go’shtidan yemaslik vojib. lekin, qonini yalashga odatlanib qolgan bo’lsa yo to’satdan o’ljadan yeb qo’ysa, o’lja harom bo’lmaydi.

2. egasi uni o’lja ketidan yuborishi lozim. Shu bois, o’zidan o’zi ov ketidan jo’nab uni ovlasa, go’shti harom. Ovni quvib ketayotganida egasi tezroq bo’l deb uni shoshirsa, garchi egasining tovushidan shoshilsa, go’shtidan yemaslik vojib.

3. itni jo’natgan kishi, musulmon yo yaxshi yomonni tushunadigan musulmon bolasi bo’lishi lozim [7].

4. itni yo’llash vaqtida Alloh nomini tilga olishi lozim. Qasddan tilga olmasa, o’lja harom. Ammo unitishi natijasida tilga olmaslik mumkin. Itni yo’llashda atayin tilga olmasa ammo it o’ljaga yetmay turib tilga olsa, o’ljadan chetlanish vojib.

5. o’lja, it kiritgan yara tufayli jon bergan bo’lishi lozim. Demak: it, ovni bo’ghib o’ldirsa yo o’lja qo’rqanidan yoki yugurganidan o’lsa, harom.

6. itni yo’llagan kishi, o’ljaga yetib kelganida, o’lgan bo’lishi lozim. Tirik bo’lsa, so’yishga vaqt qolmagan bo’lisi lozim. Chunochi, tirik bo’lib so’yishga vaqt bo’lganida, ovchi so’ymagani tufayli jon bersa halol bo’lmaydi.

7. ovchi, tezlik (yo oddiy harakat) bilan o’zini o’ljaga yetkazishi lozim.

2736- modda: Itni yo’llagan kishi, o’ljaga yetib kelganida so’yishga vaqt borligini bilib, tezda pichoghini chiqarib so’yishga tayyorlanganida o’lja jon bersa, haloldir. Ammo pichoqni chiqarish qiyinlashib qolgani bois vaqtni ko’p o’tqazib qo’ysa, go’shtidan yemasligi vojib. Shuningdek, oldida so’yish asbobi bo’lmagani bois o’lja jon bersa, go’shtidan yemasligi vojib.

2737- modda: Bir galla it ov ketidan yo’llansa, bu itlarning barchasi 2735- moddada aytilgan shartlarga ega bo’lsa, o’lja halol. Ulardan biri, shartlardan biriga ega bo’lmasa ammo o’lja ovida ahamiyatli rol o’ynagan bo’lsa, o’lja harom.

2738- modda: It bir o’lja ketidan yo’llansa ammo o’rniga boshqa hayvonni ovlasa, halol va pokdir. Shuningdek, har ikkala hayvonni ovlasa, har ikkalsi halol.

2739- modda: Bir necha kishi itlarni yo’llasa – oralarida musulmon bo`lmagankishi bo’lsa – o’lja harom. Shuningdek, ulardan biri, qasddan Alloh nomini tilga olmasa, o’lja harom. Shuningdek, itlardan biri 2735- moddada yatilgandek, o’rgatilmagan bo’lsa, o’lja harom.

2740- modda: Burgut yo itdan boshqa ovchi hayvon- qush ovlasa, o’lja halol emas. Ammo ustiga yetib kelganda tirik bo’lsa va aytib o’tilgandek so’yilsa halol.

Baliq ovi

2741- modda: tangali baliq tirikligida suvdan tashqariga chiqarilsa va quruqlikda jon bersa, halol va pokdir. Suvda o’lsa pok lekin halol emas. Ammo suvda qo’yilgan to’rda o’lsa halol. Tangasiz baliq tirik suvdan tashqarida jon bersa-da harom.

2742- modda: Baliq suvdan tashqariga chiqsa yo to’lqin suvdan chiqarib tashlasa yoki suv qurib qolgani tufayli baliq quruqlikda qolib qosa, – o’limidan oldin qo’l yo boshqa asbob bilan olinganidan so’ng jon bersa – halol.

2743- modda: Baliqchi (baliqni ovlagan kishi) musulmon bo’lishi va ovlaydigan vaqtda Alloh nomini tilga olishi lozim emas. Ammo, suvdan tirik chiqarilib tashqarida o’lgani aniqlanishi kerak.

2744- modda: ???

2745- modda: tirik baliqni yemoq joiz!!!

2746- modda: Tirik baliq qovurilsa yo jon berishidan oldin quruqlikda oldirilsa,uni emoq harom emas.

2747- modda: Baliq ikkiga bo’linganida jonli bir qismi suvga tushsa, quruqlikda qolgan boshqa qismini yemoq harom emas.

Chigirtka ovi

2748- modda: Chigirtka qo’l yo boshqa asbob bilan ovlanganidan so’ng jon bersa halol. Chigirtka ovchi musulmon bo’lishi, Alloh nomini tilga olishi lozim emas. Ammo musulmon bo`lmagan kishining qo’lida o’lik chigirtka bo’lsa, “tirik ovlagan edim” desa ham halol emas. Albatta, gapiga ishonch tughilsa yo ikki adolatli kishi gapining rostligiga shahodat berishsa, halol.

2749- modda: Qanot chiqarmagan va ucha olmaydigan chigiritkani yemoq harom.


[1] Ammo najasxo’r hayvon fihqda aytilgan ravishda istibro... Qilinmagan bo’lsa, so’yilgandan so’ng eti halol bo’lmaydi. Shuningdek, inson jinsiy aloqada bo’lgan hayvon va uning bolasining go’shti- eti ham halol bo’lmaydi.

[2] Ammo, so’yib yo ovlab bo’lmaydigan hasharalarni (fiqhda aytilgan ravishlar bilan) poklab bo’lmaydi.

[3] Musulmon bo`lmagan (yo xorijiylar, nosibiylar va gholiylardek ularning hukmida bo’lgan islom oqimlaridagi) kishi so’ysa, halol bo’lmaydi.

[4] Ammo hayvonni so’ymasalar, o’lsa va turli omillar tufayli temir topilmasa, shishadek tez narsa bilan so’ysalar, halol bo’ladi.

[5] Ammo, ehtiyotsizlik yo pichoqning tezligi tufayli boshini aytib tashlasa, makruh emas.

[6] Ovchi musulmonmas kishilardan bo’lsa (yo bular hukmidagi kishi bo’lsa), qilgan ovi halol emas.

[7] Musulmon bo`lmagan yo ular hukmida bo’lgan kishi itni yo’llasa, bu itning ovi harom.